Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Kompaniyaning investitsion jozibadorligini va kapitallashuvini


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

3. Kompaniyaning investitsion jozibadorligini va kapitallashuvini 
oshirish 
Har qanday tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi foyda 
olishdir. Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va korxonaning 
pul muomalasi sohasida amalga oshirilgan sof daromadning bir 
qismidir. Daromadni qayta investitsiyalash faoliyati tadbirkorlik 
faoliyatini kengaytiradigan korxona uchun nisbatan arzon va maqbul 
moliyalashtirish shakli ekanligini ta’kidlash zarur. Bu yerda foyda 
taqsimoti va dividend siyosati muhim rol o‘ynaydi. 
Foydani taqsimlashda nafaqat jamiyat manfaatlari, balki xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar tadbirkorlari, ularning kontragentlari manfaatlari, 
shuningdek, ayrim xodimlarning 
manfaatlari ham kesishadi. 
Kompaniya ixtiyorida qolgan sof foydaning taqsimlanishi asosan 
tashkilot (korxona) ning ixtiyoridagi ishdir. Bundan tashqari, ushbu 
masalaga bag‘ishlangan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganib 
chiqqandan so‘ng, qonuniy ravishda barcha daromadlarni taqsimlash, 
chunonchi davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
to‘lash bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aksiyadorlik 
jamiyatlari uchun zaxira fondini shakllantirish tartibini o‘rnatilgan
16
.
15
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 
16
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 


26 
Foyda taqsimotini ko‘rib chiqishning dolzarbligi aniq, chunki 
korxonaning kelajakdagi rivojlanish darajasi, aksariyat hollarda uning 
bozor qiymati quyidagi ikki daromad o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni 
topishga bog‘liq, ya’ni : 

kapitalizatsiya qilingan; 

iste’mol qilingan. 
Foyda taqsimotining sxemasida daromadning bir qismi dividendlar 
shaklida to‘lanishi kerak, qolgan qismi esa korxona aktivlariga qayta 
investitsiya qilinadi. Shunday qilib, foydaning qayta investitsiyalangan 
qismi korxona faoliyatini moliyalashtirishning ichki manbai bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Foydani qayta investitsiyalash orqali korxona tomonidan yangi 
aksiyalar chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlardan 
qochish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, qayta investitsiyaning 
muhim afzalligi korxonaning barcha faoliyati ustidan nazorat 
qilishning mavjud tizimini saqlab qolish imkonini beradi, ushbu holat 
korxona aksiyadorlari soni deyarli o‘zgarmaydi. 
Korxonaning dividend siyosati haqida gapirganda, daromadni 
taqsimlash jarayonida asosiy tarkibiy qismlardan biri haqida gapirish 
mumkin, ya’ni dividend siyosatining mohiyati aksiyadorlar uchun 
dividend to‘lovlari darajasini hisoblash va prognozlashning shaffofli-
gini oshirishdan iborat. Shunday qilib, foydani qayta investitsiyalash 
o‘z faoliyatini kengaytiradigan korxonani moliyalashtirishning eng 
maqbul va nisbatan arzon shakli bo‘lib hisoblanadi.

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling