Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Qisqa xulosalar
Dividend siyosati – bu kompaniyaning aksiyadorlarga dividendlar to‘lashi kerak bo‘lgan foydani qo‘llash sohasidagi siyosati bo‘lib, u daromadni to‘liq to‘lash yoki undan keyinchalik daromad olish maqsa- dida daromadni qayta investitsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari majmuidir. Aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosatiga muvofiq, dividendlarni to‘lashni va ularning manbasini belgilovchi tartib O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Dividend- larni to‘lash manbai – o‘tgan davr uchun aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi bo‘lib hisoblanadi. Dividend siyosatining bir necha yondashuv turlari mavjud. Dividend siyosati moliyalashtirish sohasida kompaniyaning boshqaruv qarorlarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyaning dividend siyosatining eng muhim jihati dividend to‘lovlari va uning kompaniya rivojlanish uchun qoldiriladigan qismi o‘rtasida daromadni taqsimlashning optimal nisbatlarini topishdir. 10 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 19 Dividend siyosati dividendlarni to‘lashga ketadigan foyda ulushi bo‘yicha qarorlar to‘plamini anglatadi. Iste’mol qilinadigan va kapitalizatsiya qilingan foyda qismlari o‘rtasidagi munosabatni aniqlashda bir qator omillar hisobga olinadi. Dividend siyosatini ishlab chiqish bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Dividend siyosatining maqsadi – iste’mol qilinadigan va kapitallash- tirilayotgan foyda qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni belgilashdan iborat bo‘lib, bu kelgusida aksiyadorlik jamiyatining strategik rivojlanishini ta’minlash, uning bozor qiymatini maksimal darajada oshirish va aksiyalarning bozor qiymatini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni aniqlash imkonini beradi. Dividend siyosatini ishlab chiqishga ta’sir qiluvchi omillar guruhlari mavjud. Kompaniya korporativ boshqaruv amaliyotini aksiyadorlarning daromad olish huquqi nuqtayi nazaridan o‘rganishda – tasdiqlangan divi- dend siyosatining mavjudligi va ichki hujjatlarda dividend to‘lovlarini hisoblash tamoyillari hamda dividendlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan sof foydaning eng kam ulushi; – oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash amaliyoti; – dividend tarixi tahlil qilinadi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling