Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
-rasm. Aksiyadorlik jamiyati dividend siyosatini
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dividend siyosatining shakllantirish bosqichlari
1-rasm. Aksiyadorlik jamiyati dividend siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari 5 . Endi kompaniya tomonidan dividend siyosatini ishlab chiqish bosqichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz. Dividend siyosatini ishlab chiqishning birinchi bosqichi bo‘lib dividend siyosatini shakllantirishni belgilovchi asosiy omillarni baholash hisoblanadi. Ushbu omillar odatda, to‘rt guruhga bo‘linadi: 5 Ма`lumotlar asosida muallif ishlanmasi. Dividend siyosatining shakllantirish bosqichlari Kompaniyalarning dividend siyosati uchun shart-sharoitlarni belgilovchi asosiy omillarni hisobga olish Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy strategiyasiga mos bo‘lgan dividend siyosatini tanlash Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy strategiyasiga mos bo'lgan dividend siyosatini tanlash Bitta aksiyaga to'g‘ri keladigan divdidend to'lovlari darajasi Dividendlarni to'lash shakllarini aniqlash Dividend siyosati samaradorligini baholash siyosati samaradorligini baholash 9 1-guruh aksiyadorlik jamiyati investitsiya imkoniyatlarini tavsif- lovchi omillar bo‘lib, ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi: aksiyadorlik jamiyati faoliyati davrlari bosqichi; aksiyadorlik jamiyatining investitsiya dasturlarini kengaytirish zarurati; yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlik darajasi. 2-guruh muqobil manbalardan moliyaviy resurslarni shakllantirish imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar sifatida tavsiflanadi va ular quyidagilardan tashkil topadi: qimmatli qog‘ozlar zaxiralarining yetarliligi; o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foyda miqdori; qo‘shimcha aksiyadorlik kapitalini jalb qilish qiymati; qo‘shimcha qarz kapitalini jalb qilish qiymati; moliya bozorida kreditlarning mavjudligi; aksiyadorlik jamiyatining kreditga layoqatliligi reytingi. 3-guruh obyektiv cheklovlar bilan bog‘liq omillarni o‘z ichiga oladi: dividendlarni soliqqa tortish darajasi; aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini soliqqa tortish darajasi; moliyaviy leveraj ta’siri; olingan foydaning haqiqiy miqdori va kapitalning daromadlilik darajasi. 4-guruh boshqa omillarni tashkil etib, quyidagilardan shakllangan: aksiyadorlik jamiyati ishtirokchisi bo‘lgan tovar bozorining konyunkturasi; raqobatchilar tomonidan dividend to‘lovlari darajasi; ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarning kechikishi; Dividend siyosatini ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi aksiyadorlik jamiyati strategiyasiga mos keladigan siyosat turini tanlash bilan yakunlanadi. Uchinchi bosqichda kompaniyaning strategiyasiga mos keladigan daromadni taqsimlash mexanizmini aniqlanadi. Bu o‘z navbatida quyida keltirilgan formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan oddiy aksiyalar uchun dividend to‘lovlari darajasini aniqlashga imkon beradi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling