Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
5 1-BOB. DIVIDEND SIYOSATI VA UNING MOHIYATI 1. Korporativ tuzilmalarning dividend siyosati tushunchasi Jahon iqtisodiy rivojlanishidagi moliyaviy qiyinchiliklar korporativ boshqaruv muammolariga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Korporativ boshqaruvning sifat darajasi kompaniyaga sarmoya kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir qiladi, bu esa kapitallashuvining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Korporativ boshqaruvning muhim elementlaridan biri bo‘lib kompaniyaning bozor qiymatini maksimal darajada oshirish uchun iste’mol qilinadigan va kapitalizatsiya qilingan foyda o‘rtasidagi nisbatlarni optimallash- tirishga qaratilgan dividend siyosati hisoblanadi. Ma’lumki, aksiya o‘z egasiga aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqini va dividendlar shaklida foydaning bir qismini olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Dividendlar kompaniyaning sof foydasining bir qismi bo‘lib, aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalar soni va turiga muvofiq taqsimlanadi. Boshqacha aytganda, dividendlar aksiyadorlarning mavjud aksiyalar bo‘yicha oladigan daromadlarining bir qismidir. Aksiyador tomonidan soliq solishdan keyin qolgan foydani (shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foiz shaklida) aksiyadorga tegishli aksiyalarga taqsimlashda tashkilotdan olingan har qanday daromad dividend deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi qonuniga muvofiq, dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismidir 2 . Dividend siyosati kompaniyaning aksiyadorlarga dividendlar to‘lashi kerak bo‘lgan foydani qo‘llash sohasidagi siyosati bo‘lib, u daromadni to‘liq to‘lash yoki undan keyinchalik daromad olish maqsadida daromadni qayta investitsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari majmuidir. 2 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 6 O‘zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosatiga muvofiq, dividendlarni to‘lashni va ularning manbasini belgilovchi tartib mamlakat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Dividendlarni to‘lash manbai bo‘lib o‘tgan davr uchun aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi hisoblanadi. Agar kompaniyalar sof (taqsimlanmagan) foyda bo‘lmasa, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydadan ushbu maqsad uchun maxsus yaratilgan zaxira mablag‘laridan to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, dividend aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan foizda yoki har bir aksiya uchun so‘mda belgilanadi. Dividendlarni to‘lash quyidagi shaklda amalga oshirilishi mumkin: 1. Dividendlar to‘lashning pul shakli – masalan, kassadan naqd pul, plastik karochka, to‘lov topshirig‘i, pochta orqali to‘lash. Bu holda dividendlar miqdorini aniqlash uchun turli xil variantlar qo‘llaniladi. 2. Boshqa (mol-mulk) shaklda, agar u kompaniyaning Ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, xususan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar ko‘rinishida beriladi. Dividendlarning darajasi, dinamikasi va to‘lov barqarorligi kompaniyaning iqtisodiy salohiyati, moliyaviy imkoniyatlari, investit- siya jozibadorligini boshqarish muhim omillaridan biri hisoblanadi. Dividend siyosati kapital tuzilmani boshqarish kabi, kompaniyaning kapital bozoridagi mavqeiga, xususan, uning aksiyalari narx dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Dividendlar aksiyadorlarning pul daromadlarini ifodalaydi va ma’lum darajada ularga o‘z mablag‘larini investitsiya qilgan shaxslar uchun aksiyadorlik jamiyatining muvaffaqiyatli ishlayotganligini ko‘rsatib beradi 3 . Dividendlar muayyan davr bilan hisoblab chiqiladi va odatda, aksiyadorlik jamiyati tomonidan erishilgan foydaga bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, hisobot davridagi daromadni taqsimlashning soddalashtirilgan sxemasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: daromadning bir qismi dividendlar shaklida to‘lanadi, qolgan qismi kompaniya aktivlariga qayta investitsiyalanadi. 3 Бандурин А.В., Гуржиев В.А., Нургалиев Р.З. Финансовая стратегия корпорации. М. Юнити.2016.-324 с. 7 Dividend siyosatining bir necha yondashuvlari mavjud. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Konservativ yondashuv. Ushbu yondashuv dividend to‘lov- larining qoldiq siyosati, dividend to‘lovlarining barqaror miqdori siyosatini o‘z ichiga oladi. 2. O‘rtacha (mo‘tadil) yondashuv. Ushbu yondashuv ayrim davrlarda qo‘shimcha dividendlarning minimal barqaror miqdori siyosatini o‘z ichiga oladi. 3. Agressiv yondashuv. Ushbu yondashuv dividendlarning barqaror darajasi va dividendlar miqdorini doimiy oshirish siyosatini o‘z ichiga oladi. Dividend siyosati direktorlar kengashi tomonidan tuziladi. Kompaniyaning maqsadlariga va joriy (prognoz) vaziyatga qarab, kompaniyaning daromadlari qayta investitsiyalanishi, taqsimlanmagan foyda uchun hisobdan chiqarilishi yoki dividendlar shaklida to‘lanishi mumkin. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling