Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


-rasm. Aksiyadorlik jamiyati dividend siyosatini


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
1-rasm. Aksiyadorlik jamiyati dividend siyosatini 
shakllantirishning asosiy bosqichlari
5
. 
Endi kompaniya tomonidan dividend siyosatini ishlab chiqish 
bosqichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dividend siyosatini ishlab chiqishning birinchi bosqichi bo‘lib 
dividend siyosatini shakllantirishni belgilovchi asosiy omillarni 
baholash hisoblanadi. Ushbu omillar odatda, to‘rt guruhga bo‘linadi: 
5
Ма`lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 
Dividend siyosatining shakllantirish bosqichlari
Kompaniyalarning dividend siyosati uchun shart-sharoitlarni 
belgilovchi asosiy omillarni hisobga olish
Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy strategiyasiga mos bo‘lgan 
dividend siyosatini tanlash
Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy strategiyasiga mos bo'lgan 
dividend siyosatini tanlash
Bitta aksiyaga to'g‘ri keladigan divdidend to'lovlari darajasi
Dividendlarni to'lash shakllarini aniqlash
Dividend siyosati samaradorligini baholash siyosati samaradorligini 
baholash



1-guruh aksiyadorlik jamiyati investitsiya imkoniyatlarini tavsif-
lovchi omillar bo‘lib, ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

aksiyadorlik jamiyati faoliyati davrlari bosqichi; 

aksiyadorlik jamiyatining investitsiya dasturlarini kengaytirish 
zarurati; 

yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirishga 
tayyorlik darajasi. 
2-guruh muqobil manbalardan moliyaviy resurslarni shakllantirish 
imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar sifatida tavsiflanadi va ular 
quyidagilardan tashkil topadi: 

qimmatli qog‘ozlar zaxiralarining yetarliligi;

o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foyda miqdori; 

qo‘shimcha aksiyadorlik kapitalini jalb qilish qiymati; 

qo‘shimcha qarz kapitalini jalb qilish qiymati; 

moliya bozorida kreditlarning mavjudligi; 

aksiyadorlik jamiyatining kreditga layoqatliligi reytingi.
3-guruh obyektiv cheklovlar bilan bog‘liq omillarni o‘z ichiga 
oladi: 

dividendlarni soliqqa tortish darajasi; 

aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini soliqqa tortish darajasi; 

moliyaviy leveraj ta’siri; 

olingan foydaning haqiqiy miqdori va kapitalning daromadlilik 
darajasi. 
4-guruh boshqa omillarni tashkil etib, quyidagilardan shakllangan: 

aksiyadorlik jamiyati ishtirokchisi bo‘lgan tovar bozorining 
konyunkturasi; 

raqobatchilar tomonidan dividend to‘lovlari darajasi; 

ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarning kechikishi; 
Dividend 
siyosatini 
ishlab 
chiqishning 
ikkinchi 
bosqichi 
aksiyadorlik jamiyati strategiyasiga mos keladigan siyosat turini 
tanlash bilan yakunlanadi. 
Uchinchi bosqichda kompaniyaning strategiyasiga mos keladigan 
daromadni taqsimlash mexanizmini aniqlanadi. Bu o‘z navbatida 
quyida keltirilgan formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan oddiy aksiyalar 
uchun dividend to‘lovlari darajasini aniqlashga imkon beradi: 


10 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling