Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Korporatsiya moliyaviy strategiyasida dividend siyosatining


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
2. Korporatsiya moliyaviy strategiyasida dividend siyosatining 
o‘rni 
Aksiyadorlik jamiyati faoliyati jadal rivojlanayotgan bo‘lsa, u 
ko‘proq moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi. Aksariyat hollarda 
kompaniya surunkali pul taqchilligiga ehtiyoj sezsa, ularning dividend 
to‘lovlari shaklida mablag‘larni muntazam ravishda olib qo‘yishga 
qarshi muqobil moliyalashtirish manbalarini izlash zarurligini yuzaga 
keltiradi. 
Dividend siyosati moliyalashtirish sohasida kompaniyaning 
boshqaruv qarorlarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniya 
dividend siyosatining eng muhim jihati bo‘lib, dividend to‘lovlari va 
uning kompaniya rivojlanishi uchun qoldiriladigan qismi o‘rtasida 
foydani taqsimlashning optimal nisbatlarini topish hisoblanadi
4
.
Dividend siyosati dividendlarni to‘lashga ketadigan foyda ulushi 
bo‘yicha qarorlar to‘plamini anglatadi. Shu bilan birga, sof foyda 
kapitallashuvi uning ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiyalardan 
keladigan sof pul oqimini qayta investitsiyalash, yangi aksiyalar 
4
Бланк И.А. Финансовая стратегия предприятия. Учебный курс. К. Нико Центр. 2016.-
520 с. 



shaklida dividend to‘lovlarini amalga oshirish, depozit omonatining 
o‘sishiga depozit foiz miqdorini yo‘naltirish va boshqalarni anglatadi.
Ta’kidlash joizki, foydani qayta investitsiyalash kompaniya uchun 
yangi aksiyalarni chiqarish bilan taqqoslaganda, nisbatan arzon 
moliyalashtirish shakli bo‘lib, uning faoliyati ustidan mulkdorlarni 
nazorat qilishning mavjud tizimini saqlab qolishga imkon beradi. 
Kapitalizatsiya qilingan foyda miqdorining o‘sishi korxonaning 
mulkiy holatining o‘sishi, o‘z mablag‘larining ko‘payishini ko‘rsatadi.
Quyidagi rasmda aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosatini 
shakllantirish bosqichlari keltirilgan. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling