Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Qisqa xulosalar 
 
Dividend siyosati – bu kompaniyaning aksiyadorlarga dividendlar 
to‘lashi kerak bo‘lgan foydani qo‘llash sohasidagi siyosati bo‘lib, u 
daromadni to‘liq to‘lash yoki undan keyinchalik daromad olish maqsa-
dida daromadni qayta investitsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari 
majmuidir.
Aksiyadorlik 
jamiyatining 
dividend 
siyosatiga 
muvofiq, 
dividendlarni to‘lashni va ularning manbasini belgilovchi tartib 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Dividend-
larni to‘lash manbai – o‘tgan davr uchun aksiyadorlik jamiyatining sof 
foydasi bo‘lib hisoblanadi.
Dividend siyosatining bir necha yondashuv turlari mavjud. Dividend 
siyosati 
moliyalashtirish 
sohasida 
kompaniyaning 
boshqaruv 
qarorlarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyaning 
dividend siyosatining eng muhim jihati dividend to‘lovlari va uning 
kompaniya rivojlanish uchun qoldiriladigan qismi o‘rtasida daromadni 
taqsimlashning optimal nisbatlarini topishdir.
10
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 


19 
Dividend siyosati dividendlarni to‘lashga ketadigan foyda ulushi 
bo‘yicha qarorlar to‘plamini anglatadi. Iste’mol qilinadigan va 
kapitalizatsiya qilingan foyda qismlari o‘rtasidagi munosabatni 
aniqlashda bir qator omillar hisobga olinadi. Dividend siyosatini ishlab 
chiqish bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Dividend siyosatining maqsadi – iste’mol qilinadigan va kapitallash-
tirilayotgan foyda qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni belgilashdan 
iborat bo‘lib, bu kelgusida aksiyadorlik jamiyatining strategik 
rivojlanishini ta’minlash, uning bozor qiymatini maksimal darajada 
oshirish va aksiyalarning bozor qiymatini oshirishga qaratilgan aniq 
chora-tadbirlarni aniqlash imkonini beradi.
Dividend siyosatini ishlab chiqishga ta’sir qiluvchi omillar guruhlari 
mavjud. Kompaniya korporativ boshqaruv amaliyotini aksiyadorlarning 
daromad olish huquqi nuqtayi nazaridan o‘rganishda – tasdiqlangan divi-
dend siyosatining mavjudligi va ichki hujjatlarda dividend to‘lovlarini 
hisoblash tamoyillari hamda dividendlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan sof 
foydaning eng kam ulushi; – oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha 
dividendlarni to‘lash amaliyoti; – dividend tarixi tahlil qilinadi.

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling