Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Dividend strategiyasining afzalliklari va kamchiliklari
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
4. Dividend strategiyasining afzalliklari va kamchiliklari
Dividend strategiyasi har doim investorlar orasida mashhur bo‘lgan. Dividend strategiyasi bir qator afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Dividend strategiyasi afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin. 1. Passiv daromad. Dividend strategiyasi barqaror pul oqimini yaratishga imkon beradi. Bu ehtimol, ko‘pchilik aksiyadorlik jamiyatlarini mazkur strategiyani tanlashning asosiy sababi bo‘lishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda har chorakda dividendlar to‘lash odat tusiga kirgan. Har olti oyda kamida bir to‘laydigan, shuningdek, har oyda to‘laydigan kompaniyalar mavjud. Har xil aksiyalardan dividend portfelini yaratish va har oyda to‘lovlar olish imkoniyati mavjud. 2. Dividendlarni to‘laydigan kompaniya yaxshi kompaniyadir. Agar kompaniya muntazam ravishda dividendlarni to‘lashga qodir bo‘lsa, unda u moliyaviy jihatdan yaxshi imkoniyatlarga ega. Dividend kompaniyalari yanada barqaror va sog‘lom hisoblanadi. Bu esa investorlar uchun uzoq muddatli kompaniyalar qimmatli qog‘ozlar 54 portfeliga ega bo‘lish juda muhim ahamiyatga ega. Albatta kompaniya bilan doimiy daromad olish shaklida uzoq muddatli munosabatlarga tayanish muhimdir. 3. Inqirozdagi aksiyalar. Dividend kompaniyalari qisman inqirozga qarshi himoya vositasi hisoblanadi. Bozorda vahima va kotirovkalar qulashi mavjud bo‘lsa, bunday kompaniyalarning bankrot bo‘lish xavfi kamroq bo‘ladi. Chunki dividendlar shaklidagi barqaror pul oqimlari iqtisodiy qiyin vaqtlarda ham investorlarni o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, to‘langan dividendlar hisobiga past narxlarda tushgan aktivlarni sotib olish imkonini beradi. 4. Dividendlarning o‘sishi. Rivojlangan mamlakatlarda har yili dividendlar miqdorini oshirish odat tusiga kirgan. Investorlar bir marta investitsiya qilingan kapital hisobiga, hatto qo‘shimcha investitsiya- larsiz ham har yili ko‘proq pul olishadi. 10, 25 va hatto 50 yil ketma- ket (dividend aristokratlari) dividendlarni ko‘paytiradigan kompa- niyalar mavjud. 5. Daromadni qayta investitsiyalash. Dividend aksiyalariga ega bo‘lgan investor kelib tushadigan pul mablag‘lari hisobiga har doim yangi aksiyalarni sotib olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, yildan- yilga pul oqimini oshirish imkoni mavjud. Natija esa kapital va dividendlar o‘sishining uch barobar samarasini beradi: o‘z mablag‘i hisobiga muntazam ravishda pul oqimini oshirish; qayta investitsiyalashdan pul oqimini oshirish; dividendlarning tabiiy o‘sishidan pul oqimini oshirish. Dividend strategiyasining kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Yuqori dividendlar – yuqori risk. Kompaniyaning dividendlari va qiymati (kotirovkalari) o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. 2. Dividendlarni to‘lashni bekor qilish (yoki kamaytirish). Bu kamchilik oldingi punkt bilan chambarchas bog‘liq va u quyidagilarga olib kelishi mumkin bo‘ladi: investor pul oqimini yo‘qotadi (yoki uning hajmi kamayadi). Dividendlarni bekor qilganda, aksiyalar kotirovkalari juda kamayishi mumkin. Uzoq vaqt davomidagi bunday moliyaviy yo‘qotishlar foydaning to‘liq olinmasligi holatini yuzaga keltiradi. qo‘shimcha xarajatlar ortib ketadi. Kapitalning uzoq muddatli to‘planishi holatida dividendlar bilan nima qilish kerak? Tabiiyki, 55 qayta investitsiya qilish. Olingan pullarga kelajakda ko‘proq dividendlar olish uchun yangi aksiyalarni sotib olinadi. Pulning faqat bir qismi har doim soliq shaklida yo‘qotiladi. Foyda hisobiga qayta investitsiyalash amalga oshirilganda uning miqdori kamayadi. Boshqa tomondan xarajatlarning ikkinchi omili sifatida broker komissiyasi hisoblanadi. Bu to‘langan soliqdan ancha kam, lekin yana uzoq vaqt davomida yana ko‘p pul yo‘qotiladi. Dividendlar to‘langandan so‘ng, kompaniya aksiyalarining narxi, odatda, dividendlar miqdoricha kamayadi. Dividendli gep bir necha kun ichida yopilishi mumkin, ehtimol, bir necha oy yoki hatto yilga cho‘zilishi ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasida aksariyat kompaniyalar yozda yoki kuzda yiliga bir marta dividend to‘laydi. Bunday davriylik bir xil pul oqimiga ehtiyoj sezgan kompaniyalar manfaatiga mos kelmaydi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling