Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
 
 
 
 
4-rasm. Dividendli aksiyalarga investitsiya qilish strategiyasini 
tanlash
25

Aksiyalarga sarmoya kiritish uchun juda ko‘p strategiyalar mavjud. 
Biroq, eng keng tarqalganlari bir necha bor xolos. Bulardan eng 
zamonaviy strategiya dividendli strategiya hisoblanadi.
24
Бандурин А.В., Гуржиев В.А., Нургалиев Р.З. Финансовая стратегия корпорации. М. 
Юнити.2016.-324 с. 
25
Ma'lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 
Daromad-
lilik 
Dividend 
strategiyasi 
DSI barqa-
rorligi 


47 
Agar har qanday investitsiya, birinchi navbatda, rentabellikni 
ko‘zlagan bo‘lsa, unda dividend uzoq muddatli aksiyalarga ega 
bo‘lgan rentabellikning timsolidir. 
Kompaniyalar har doim nafaqat dividendlar to‘laydi, balki ularni 
oshiradilar, hozir eng yaxshi moliyaviy holatida va kelajak uchun 
yaxshi istiqbollari bor degan tushunchalar bor. Haqiqatan ham: 

muntazam dividendlarni to‘laydigan kompaniyalar odatda eng 
yaxshi moliyaviy ahvolda bo‘ladi, barqaror daromadga ega va 
daromad o‘sishini ta’minlaydi; 

dividendlar yaxshi boshqariladigan kompaniyalarni aniqlashga 
yordam beradi; har bir dividendlar deklaratsiyasi kompaniyaning 
boshqaruv kengashi va ishonch ovozini ifodalaydi; 

dividendlar 
to‘lovlarini 
doimiy 
ravishda 
oshiradigan 
kompaniyalar ham o‘z moliyaviy natijalaridan kutilayotgan prognoz 
ko‘rsatkichlarini ko‘taradilar; 

dividendlar 
to‘laydigan 
kompaniyalarning 
aksiyalari 
o‘z 
qiymatga ega bo‘lib, ularni past darajadagi bozorlarda barqarorlash-
tirishga olib keladi, bu esa kotirovkalarning qayta belgilashda 
qiymatlarini ko‘tarilishida yaxshi potensialga ega bo‘lishiga yordam 
beradi. 
Amaliyotda dividend chempionlari, aristokratlari va yutuqlari kabi 
tushunchalar mavjud. 
Dividend aristokratlar ro‘yxati S&P- 500 indeksiga asoslangan. Bu 
S&P ning 500 aksiyalar ichidan olingan 64 aksiyalarning 25 yillik 
dividendlar ketma-ket o‘sishi bilan tanlangan guruhidir. Ular 
dividendlar o‘sishi uchun "eng yaxshi" aksiyalardir.
Dividend aristokratlar bozorni ko‘p yillar davomida bosib olgan. 
Ro‘yxatga kirish uchun talablar: 

S&P 500 da bo‘lish; 

dividendlarni oshirish uchun 25+ yil ketma-ketlik muddat bor

hajmi va likvidlilik uchun muayyan minimal talablarga rioya 
etish. 
Dividend chempionlari ro‘yxati dastlab 2007 – yilda Deyv Fish 
tomonidan yaratilgan, ammo hozir ular bilan Justin Law 
shug‘ullanmoqda.
Ro‘yxat Nyu-York fond birjasidagi barcha kompaniyalarni o‘z 
ichiga oladi, bu esa so‘nggi 25 yil ichida dividendlarni miqdorini 


48 
oshirganliklarini anglatadi. Chempionlik uchun nomzodlar-10 yil, 
shuningdek, nomzodlar 5 yil davomida dividendlar miqdorini orttirib 
borgan bo‘lishlari kerak. Quyidagi jadvalda esa Nyu-York fond 
birjasidagi dividend chempionlari ro‘yxati keltirilgan. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling