Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Dividendlar miqdorini doimiy oshirish siyosati


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Dividendlar miqdorini doimiy oshirish siyosati har bir aksiya 
uchun dividend to‘lovlarining barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratil-
gan. Bunday siyosatni amalga oshirishda dividendlar o‘sishi, qoida 
tariqasida, avvalgi davrda ular miqdorini o‘sishining belgilangan 
foizida yuzaga keladi va aksiyalarning yuqori bozor qiymatini 
ta’minlaydi, qo‘shimcha emissiya bilan esa potensial investorlar uchun 
ijobiy imidjni shakllantiradi. Shu bilan birga, ushbu siyosatning 
amalga oshirilishi moliyaviy keskinlikning doimiy o‘sishiga olib 
keladi: agar dividend to‘lovlari stavkasining o‘sish sur’ati oshsa (ya’ni 
agar dividendlar jamg‘armasi foyda miqdoridan tezroq ko‘tarilsa), 
kompaniyaning investitsion faoliyati kamayadi va moliyaviy 
barqarorlik koeffitsiyentlari kamayadi. Shuning uchun, bunday 
dividend siyosatini faqat gullab-yashnayotgan kompaniyalar qo‘llashi 
mumkin, lekin bu siyosat foydaning doimiy o‘sishi bilan 
kuzatilayotgan bo‘lishi shart, aks holda bu siyosat bankrotlikka olib 
kelishi mumkin. 
Jahondagi yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan to‘lanadigan 
dividendlar miqdori aksariyat hollarda shu mamlakatning inflatsiya 
darajasiga bog‘liq bo‘lib, dividend miqdori 2-5% atrofida belgilanadi. 
Bu yirik kompaniyalar tomonidan past dividend miqdorini belgilanishi 
asosiy sababi aksiyalarining erkin muomalada bo‘lishini, kurs 
tafovutidan foyda olinishini ta’minlash va o‘z faoliyatiga ommaviy 
investorlarni jalb qilishdan iboratdir.
 


43 
Qisqa xulosalar 
 
Dividend siyosatining mazmunini, uning kompaniyaning qiymatiga 
ta’sirini, zamonaviy moliya fanida investitsiya va moliyaviy qarorlarni 
o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda dividendlar 
siyosatini shakllantirishning uchta asosiy modellari keng tarqalgan va 
mashhur bo‘lib kelgan. Dividendlarning ahamiyasizligi nazariyasiga 
ko‘ra, korxonaning bozor qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlarining 
rentabelligi va uning investitsiya siyosati bilan belgilanadi. 
Dividendlar afzalligi nazariyasi, aksiyadorlik jamiyatining dividend 
siyosati, aksincha, kapital daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan 
postulatsiyadan kelib chiqadi. Soliq differensiatsiyasi nazariyasi 
aksiyadorlarning daromadlarini soliqqa tortishning amaldagi amaliyoti 
dividend siyosatini tanlashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Dividendlar 
xabar berish (yoki signal) nazariyasiga ko‘ra, aksiyalarning bozor 
qiymatini baholash asosida ular uchun to‘lanadigan dividendlar 
miqdori yotadi. Dividend siyosatining muvofiqligi nazariyasiga ko‘ra, 
aksiyadorlar tarkibiga korporatsiya aksiyadorlarining aksariyat 
qismining manfaatlariga mos keladigan dividend siyosatini amalga 
oshirishi 
kerak. 
Bular 
jamiyatning 
dividend 
siyosatini 
shakllantirishning asosiy nazariyalaridir. Muayyan modelni tanlash 
kompaniyaning rivojlanish maqsadlari va vazifalari bilan belgilanadi. 
Bundan tashqari, kompaniyaning dividend siyosatiga huquqiy va 
reklama-axborot xarakterining cheklanishi, aksiyadorlarning ko‘payish 
va manfaatlarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, 
likvidlikning pasayishi bilan bog‘liq bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling