Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
Nazorat savollari 
 
1. Kompaniyalarning sof foydasini taqsimlash dilemmasi qanday 
bo‘lishi kerak? 
2. Dividend siyosati nazariyalarini o‘rganish nima uchun kerak? 
3. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni hisoblash nazariyasi 
bo‘yicha o‘z fikrlarinigizni bildiring. 
4. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni hisoblash nazariyasining 
kamchiliklarini nimada deb o‘ylaysiz? 


44 
5. Dividendlar afzalligi nazariyasining asosiy g‘oyasi “Uzoqdagi 
bug‘doydan yaqindagi somon yaxshi” maqoli bilan mazmunan mos 
keladi. Nima uchun? 
6. Soliq imtiyozlari nazariyasi bo‘yicha tushuncha bering? 
7. Dividend to‘lovlarining qoldiq siyosatining asosiy g‘oyasi 
nimalardan iborat? 
8. Dividend to‘lovlarining barqaror miqdori siyosati qaysi 
hollarda qo‘llanilishi mumkin? 
9. "Qo‘shimcha (ekstra) dividendlar" siyosati nazariyasi bo‘yicha 
o‘z fikrlarinigizni bildiring. 
10. 
Foyda miqdoriga nisbatan barqaror dividendlar darajasi 
siyosati bilan dividendlar miqdorini doimiy oshirish siyosati 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nimalardan iborat? 
 
 


45 
4-BOB. KOMPANIYANING DIVIDEND STRATEGIYASI 
 
1. Dividend strategiyasi va aksiyalar dividend portfelini 
shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Dividend strategiyasi aksiyalarni birinchi navbatda ularning kurs 
qiymatining o‘sishini kutish o‘rniga, ulardan olinadigan dividend
daromadlariga ko‘ra sotib olishni ko‘zda tutadi. Bu turdagi strategiya 
faqat aksiyalar kurs qiymatini o‘zgartirish bo‘yicha chayqovchilik 
yo‘nalishiga yo‘naltirilgan strategiyalarga nisbatan ko‘proq konser-
vativ va kam riskli hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlarga investitsiya 
qilish, birinchi navbatda, ularni biznesga investitsiya qilishdir. 
Boshqacha qilib aytganda, muayyan biznesdan ulush olish uchun 
uning faoliyatiga mablag‘ kiritib, mulkdori bo‘lish kerak. Albatta 
biznesdagi ulushlarga ega bo‘lish, tabiiy ravishda, undan daromad 
olishni o‘z ichiga oladi. 
Uzoq muddatli dividend strategiyasidan foydalanishning asosiy 
xususiyatlaridan biri shundaki, investor aksiyalarning qiymatini 
doimiy ravishda kuzatishiga hojat yo‘q. Axir, yuqorida aytib 
o‘tilganidek, mazkur holat ikkinchi darajali hisoblanadi, to‘lovlarning 
muntazamligi va dividendlar miqdori esa birinchi darajali hisoblanadi. 
Ushbu strategiya bo‘yicha aksiyalar portfelini to‘g‘ri shakllantirish 
uchun investor kompaniyaning yuqori dividendlarni to‘lashining 
asosiy sabablarini bilishi va tushunishi kerak
23
. Bunday sabablar bir 
necha: 
1. 
Budjetni 
to‘ldirish 
kompaniyaning 
yuqori 
dividendlar 
to‘lashining juda yaxshi sababidir. Bu faqat aksariyati davlat aksiyador 
bo‘lgan kompaniyalar uchun amal qiladi (u aksiyalarning 50 foizidan 
ko‘prog‘iga egalik qiladi). Budjetni to‘ldirish kerak bo‘lganda, yuqori 
dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi (aksiyalarning 
nazorat paketi buni amalga oshirish imkonini beradi). Budjet bilan 
birgalikda ushbu aksiyalarning boshqa barcha egalarining ham 
“cho‘ntaklari” to‘ldiriladi. 
23
Бандурин А.В., Гуржиев В.А., Нургалиев Р.З. Финансовая стратегия корпорации. М. 
Юнити.2016.-324 с. 


46 
2. Egasining o‘zgarishiBu dividendlar to‘lanishi mumkin bo‘lgan 
yana bir sababdir. Mazkur holat yangi mulkdor (egasi)ning pulga 
muhtojligi sababli sodir bo‘ladi. Axir, nazorat paketini sotib 
olayotganda, u sezilarli darajada xarajatlar qilgan, va hatto kreditlarga 
ham kirgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, yuqori dividendlar yangi 
sotib olingan biznesning daromadlari hisobiga o‘z xarajatlarini qoplash 
uchun xizmat qiladi. Boshqa barcha aksiyadorlar ham o‘z ulushlarini 
oladilar. 
Strategiya 
bozorning 
yirik 
kompaniyalarining 
dividend
aksiyalariga investitsiya qilish orqali daromad olishni maqsad qiladi. 
Eng yuqori dividend rentabelligi mavjud aksiyalarni tanlash boshqa 
aksiyalar indekslariga nisbatan jami daromadlarda mukofot olish 
imkonini beradi. Strategiya qimmatli qog‘ozlar bozori tashqarisidagi 
xarajatlari uchun ham foydalanish maqsadida dividendlar shaklida 
joriy daromad olishni istagan investorlar uchun ma’qul bo‘ladi
24

Kompaniyalarda har chorakda portfel qayta ko‘rib chiqiladi. Portfel 
yuqori va barqaror dividendlar to‘laydigan 15-20 kompaniyalar 
aksiyalaridan tashkil topadi. 
Strategiyaning reytingi quyidagi rasmda keltirilgan ikki ko‘rsatkich 
bo‘yicha ballar yig‘indisi bo‘lib, quyidagilardan iborat: 
1. Kutilayotgan dividend rentabelligi. 
2. "DSI"dividend to‘lovlari barqarorligi indeksi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling