Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


-jadval  Dividend chempionlari ro‘yxati


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

1-jadval 
Dividend chempionlari ro‘yxati
26
 
 
Kompaniyalar 
Tiker 
Tarmoq sohasi 
Dividend 
daromadliligi, 
foizda 
 
NASDAQ dan dividend yututqlari
ro‘yxati eng kam talablarga 
ega. Ro‘yxatga kirish uchun kompaniya oxirgi 10 yil yoki undan ko‘p 
yillar davomida dividendlar to‘lash miqdorini oshirib borishi yoki 
muayyan likvidlik talablariga javob berishi kerak. 
 
2. Aksiyalar portfelini shakllantirishning asosiy tamoyillari 
Har qanday kompaniyalarda investitsiya portfelini shakllantirish 
quyidagi tamoyillarga ko‘ra shakllantiriladi: 

investitsiyalarning xavfsizligi va rentabelligi; 
26
Internet ma'lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 


49 

investitsiyalarning o‘sishi; 

investitsiyalar likvidligi. 
Xavfsizlik investitsiya kapital bozorida investitsiyalar mustah-
kamligi va barqaror daromad olishlikni anglatadi. Xavfsizlik odatda 
daromadlikni kamaytiradi va investitsiyalarning o‘sishiga yordam 
beradi. 
Investitsiyalar likvidligi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni darhol sotib 
olishda ishtirok etish yoki ularning tez va zararsiz holda naqd pulga 
aylantirib olish qobiliyatidir. Investitsiya qiymatliklarining hech biri 
yuqorida sanab o‘tilgan barcha xususiyatlarga ega emas. Shuning 
uchun, investitsiyalashda kelishuv muqarrar bo‘ladi. Agar qimmatli 
qog‘oz ishonchli bo‘lsa, unda uning rentabelligi past bo‘ladi, chunki 
ishonchlilikni afzal ko‘rganlar yuqori narxni taklif qiladi va 
daromadlilikni pasaytiradi. 
Portfelni shakllantirishning asosiy maqsadi investor uchun risk va 
daromad o‘rtasidagi eng maqbul kombinatsiyaga erishishdir. Boshqa 
qilib aytganda, tegishli qimmatli qog‘ozlar majmui investor uchun 
zararni minimumga qadar kamaytirish va bir vaqtning o‘zida 
daromadni maksimal darajada oshirishga mo‘ljallangan
27

Qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish uchun dastlabki 
ma’lumotlar fond birjasidan olingan qimmatli qog‘ozlarning qiyma-
tidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumot bo‘lib, uning asosida investor 
uchun zarur bo‘lgan risk ko‘rsatkichlari va aktivlar rentabelligi 
hisoblab chiqiladi. Ammo, qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllan-
tirishda taxminan bir xil risk va rentabelligi bor moliyaviy instrument-
larni tanlash yoki moliyaviy menejeri tomonidan qaysi aktivga 
investitsiya qilishni aniqlash bo‘yicha savollar yuzaga keladi 
(moliyaviy bozorda juda katta tanlash imkoniyati, qo‘shimcha 
ma’lumot yo‘qligi va h.k.). 
Portfel investitsiyalarining asosiy afzalligi shundaki, unda 
investitsiya muammolarini o‘ziga xos vazifalarini hal qilish uchun 
portfelni tanlash imkoniyati hisoblanadi. Buning uchun qimmatli 
qog‘ozlar portfelining har xil modellari qo‘llaniladi, ularning har biri 
portfel egasi uchun maqbul bo‘lgan mavjud risk va ma’lum bir vaqt 
27
Бланк И.А. Финансовая стратегия предприятия. Учебный курс. К. Нико Центр. 2016.-
520 с. 


50 
ichida kutilgan daromad (qaytim) o‘rtasida o‘z balansiga ega bo‘ladi. 
Ushbu omillarning nisbati qimmatli qog‘ozlar portfelining turini 
aniqlash imkonini beradi. 
Portfel turi daromad va risk nisbatlariga asoslangan investitsion 
xususiyatdir. Shu bilan birga, portfel turini tasniflashning muhim 
belgisi bo‘lib daromad qanday usulda va qanday manba hisobidan 
olinganligi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni daromad kurs qiymatining o‘sishi 
hisobiga yoki joriy to‘lovlar-dividendlar, foizlar hisobiga ekanligi 
aniqlanadi. 
Balanslashtirilgan 
portfel 
nafaqat 
daromadlarning 
muvozanatini, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bilan birga 
keladigan riskni ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham portfel 
ma’lum bir nisbatda tez o‘sib borayotgan kurs qiymatiga ega va yuqori 
daromadli qimmatli qog‘ozlardan iborat. 
Portfel tarkibiga yuqori riskli qimmatli qog‘ozlar ham kiritilishi 
mumkin. Odatda, ushbu portfel oddiy va imtiyozli aksiyalarni, 
shuningdek obligatsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Bozorning 
konyunkturasiga qarab, ushbu portfelga kiritilgan u yoki bu fond 
instrumentlariga mablag‘larning katta qismi investitsiya qilinadi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling