115
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan,
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq
dividendlar jumlasiga
kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof
etiladi.
Dividendlar tarzida daromadlar to‘lovchi yuridik shaxslar soliq
agentlari deb e’tirof etiladi. Dividendlardan olinadigan soliq summasi
bo‘yicha soliq hisoboti o‘zining soliq hisobiga
olingan joyidagi soliq
organiga soliq agentlari tomonidan taqdim etiladi.
Dividendlarni
to‘lash uchun soliqlar, boshqa majburiy ajratmalar va maxsus fondlarni
shakllantirishdan keyin sof foyda qoldig‘i yuboriladi. Aksiyalar
bo‘yicha dividendlar to‘lashda yuridik shaxslar
yoki mehnat jamoasi
a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida
belgilangan tartibda daromad solig‘i o‘tkaziladi.
Davlat korxonalarining o‘z mulkidan
dividend olish huquqi
mavjud. Dividendlar va foizlar hisob-kitobi yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha hisobot tarkibiga kiradi.
Ularni
to‘layotgan soliq agenti u qo‘llayotgan soliq solish tizimidan qat’i
nazar uni barcha shunday daromad oluvchilar – jismoniy va yuridik
shaxslar bo‘yicha taqdim etadilar.
Nazorat savollari
1. Dividendlarni soliqqa tortishning o‘ziga
xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
2. Dividendlarni soliqqa tortish stavkalari kim tomonidan qachon
belgilanadi?
3. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar
taqsimotini amalga
oshirishning qanday usullari mavjud?
4. Davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida
dividendlarni taqsimlash jarayoni qanday tashkil etiladi?
5. Dividendlar bo‘yicha soliq hisobotini
tayyorlash bosqichlarini
tushuntirib bering.
6. Norezidentlarga
dividend
to‘lovlarini
amalga
oshirish
mexanizmi qanday tuzilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: