9.5. Mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari bilan mehnatga haq to‘lash
darajasi o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish
Ish haqi jamg’armasidan foydalanishni tahlil qilishda korxona xodimlarining
o’rtacha ish haqi to’g’risidagi, uning o’zgarishi, shuningdek uni belgilovchi
omillar haqidagi ma’lumotlarni o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Binobarin,
bundan keyingi tahlil toifalari va kasblar bo’yicha, shuningdek butun korxona
bo’yicha bitta xodimning o’rtacha ish haqi o’zgarishi
s
abablarini o’rganishga
qaratilishi lozim. Bunda o’rtacha yillik ish haqi bitta ishchining bir yilda ishlagan
kunlari soniga, ish smenasining davom etishiga va o’rtacha soatlik ish haqiga bog’liq
ekanligini hisobga olish zarur:
YIH=K x D x SIH (9.5.)
Bu omillarning xodimlar toifalari bo’yicha o’rtacha yillik ish haqi darajasining
o’zgarishiga ta’sir etishini hisoblash mutlaq farqlar usuli bilan amalga oshiriladi
(9.11-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |