Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi mablag‘lari va ijtimoiy


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

9.4. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi mablag‘lari va ijtimoiy 
to‘lovlardan foydalanish samaradorligini auditi 
 
Auditning maqsadi – mehnatga haq to’lash va ijtimoiy to’lovlar mablag’larining 
o’zgarishi mahsulot tannarxi o’zgarishiga qanday ta’sir qilishini aniqlashdan iborat. 
Mehnatga  haq  to’lash  va  ijtimoiy  to’lovlar  jamg’armasining  nisbiy  tahlilini 
keyingi misolda ko’rib chiqamiz (9.8-jadval). 
 


 
178 
 
9.8-jadval 
Iqtisodiy ko’rsatkichlar 
Bazis oyi 
Hisobot oyi 
Hisobot oyining 
bazis oyiga nisbati, 
foiz 
Taqqaslama narxlarda mahsulot 
xajmi, ming so’m 
37500 
38960 
103.9 
Ish haqi jamg’armasi, so’m 
496830 
486761 
97.97 
  
Bunday  auditni  o’tqazishda  reja  davrida  bazis  davrga  nisbatan  mahsulot  hajmi 
bo’yicha  rejaning  bajarilishi  foizi  va  ish  haqi  jamg’armasining  o’zgarishi  hisobga 
olinadi.  
Audit algoritmini ko’rib chiqamiz: 
1.Ish haqi jamg’armasining bazis davrdan absolyut farqlanishi quyidagicha: 
±∆ IHJ ═ 486761 – 496830 ═  –10069 (so’m) 
2.  Mahsulot  hajmi  3.9  foizga  oshganligini  hisobga  olib,  hisobot  davridagi  ish 
haqi jamg’armasini mahsulot xajmi o’sishi indeksiga to’g’irlash kerak (1,039): 
486761 – (496830 ∙ 1,039) ═ – 29445 (so’m) 
3.Mahsulot  xajmidagi  o’zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  ish  haqi  jamg’armasi 
o’zgarishiga  mehnatga  haq  to’lash  summasidagi  o’zgaruvchan  to’lovlar  (mahsulot 
xajmi o’zgarishiga to’g’ri proporstional  o’zgaradigan to’lovlar) ta’sir qiladi. Bizning 
misolimizda ular 0.57 ni tashkil qiladi deb hisoblaylik, unda  
3.9 foiz  ∙ 0.57 ═ 2.22 foiz - to’g’irlash (korrektirovka) foizi 
4. Nisbiy farqlanishni hisoblash quyidagicha: 
486761 – (496830 ∙ 1.0222 ) ═ - 21098.6 so’m 
Mahsulot tannarxidagi ish haqi tejalishi 21098.6 so’m bo’lgan. 
Ish  haqi  va  ijtimoiy  to’lovlar  uchun  yo’naltirilgan  mablag’lardan  foydalanish 
samaradorligi samaradorlik koeffitsienti yordamida hisoblanadi. 
K
sam
 ═ J – NJ / J;  (8.1.) 
Bu yerda:  
J – ish haqi jamg’armasi va ijtimoiy xarakterdagi to’lov                                        
mablag’lari yig’indisi; 


 
179 
NJ – ish haqi jamg’armasidagi unumsiz to’lovlar. 
Ish  haqi  va  ijtimoiy  to’lovlar    uchun  yo’naltirilgan  mablag’lardan  foydalanish 
samaradorligini tahlil qilishning keyingi yo’nalishi omillarning absolyut farqlanishga 
ta’sirini  aniqlashdir  ±∆  IHJ  ═  –10069  (so’m)  (9.8.-jadval).  Ish  haqi  jamg’armasiga 
ta’sir  qiluvchi  omillar  jami  sanoat  ishlab  chiqarish  personali,  alohida  personal 
karegoriyalari  sonining  o’zgarishi,  ularning  o’rtacha  ish  haqi  va  daromadlarining 
o’zgarishidir. (9.9. - jadval). 
9.9-jadval 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling