199
ko’rsatkichlari (masalan, o’qitish natijalari) bilan taqqoslansa ustivorlikning
xarajatlar nazoratidan samaradorlik nazoratiga o’tishi. Kadrlar nazoratining qismlarga
ajratilgan vazifalari po’yxati 11.1-jadvalda keltirilgan
11.1-jadval
Kadrlar nazoratining vazifalari
№
Vazifalar nomi
1.
Kadrlarni rejalashtirish va nazorat qilish tizimini yaratish:
- usullar va jarayonlarni tanlash;
- rejalashtirish tartibini belgilash;
- reja tuzish bo’yicha asosiy talablarni belgilash va uning nazorati;
- rejaning ichki va tashqi shart-sharoitlari aniqlash.
2.
Kadrlarga oid axborotlar tizimini shakllantirish:
- axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
- ish joylari haqidagi axborotlar tizimini shakllantirishda qatnashish;
- kadrlarni baholash tizimini yaratishda qatnashish;
- rejalashtirish uchun ahamiyatli bo’lgan ichki va tashqi o’zgarishlarni hisobga
olish uchun axborotlar tizimini shakllantirish;
- axborotga bo’lgan ehtiyojni tahlil qilish;
- axborot oluvchilarni aniqlash;
- kadrlarga oid hisobotlar mazmunini rasmiylashtrish.
3.
Kadrlarni rejalashtirishni koordinastiyalash:
- rejalashtirish bo’yicha majlisga tayyorgarlik ko’rish;
- iqtisodiy xizmatlar rahbarlari bilan reja muhokamasini o’tqazish;
- kadrlarga oid rejani tashkilotning boshqa rejalari bilan muvofiqlashtrish;
- reja bajarilishi bo’yicha nazoratni amalga oshirish;
- rejadan farqlanishlarni oldini olish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
4.
Rejalar samardorligi tadqiqotini o’tqazish
5.
Kadrlar auditi vazifalarini o’tqazish:
- iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi jihatidan kadrlar ishida qo’llanilayotgan
usullar, modellar va jarayonlarni tekeshirish;
- xodimlarning kadrlar boshqaruviga oid vositalarni to’g’ri baholashga
bo’lgan qobiliyatlari va mas’uliyatlarini tekshirish;
- tashkilotda kadrlarga oid ishlar samaradorligini ichki va tashqi qiyosiy
baholashni o’tqazish.
6.
Kadrlarga oid axborotlar tizimini olib borish.
7.
Kadrlarga oid hisobotlarni tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: