Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Smena ichidagi va to‘liq kunli ish vaqti yo‘qotishlari tahlili
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3-jadval
5.2. Smena ichidagi va to‘liq kunli ish vaqti yo‘qotishlari tahlili
Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek korxonaning samarali faoliyat olib borishi ko‘p jihatdan uning ish vaqti fondidan oqilona va maqsadli foydalanishga bog‘liq. Buning uchun ishlab chiqarishda band bo‘lganlar ularning vaqti tahlil qilinadi. Bu shu bilan birga korxonadagi personalning foydalanilganlik darajasini ko‘rsatib beradi. Bu tahlil jarayonida smena ichidagi va kunlik ish vaqti yo‘qotishlari o’rganiladi. 101 Noishlab chiqarish vaqt sarflari va yo‘qotishlarning hajmi hisobga olinadi. Ularning sababi aniqlanadi. Haqiqatda ishlangan kishi kunlar yoki kishi soatlarni rejadagi yoki bazis ma’lumotlar bilan taqqoslash ish vaqti yo‘qotishlarini aniqlash imkonini beradi. Ish vaqti yo‘qotishlarini absolyut ko‘rsatkichlarda ifodalaniladi. Smena ichidagi yo‘qotishlar ish kuni davomiyligini hisoblash orqali aniqlanadi, ya’ni ish kuni davomidagi turib qolishlarga bog‘liq. Smena ichidagi ish vaqti yo‘qotishlari tahlili turib qolishlar sabablarini aniqlash imkonini beradi, natijada ularni qisqartirish bu to‘xtalishlarni oldini olish imkonini beradi. Kunlik ish vaqti yo‘qotishlari ish vaqti fondi va o‘rtacha ro‘yxatdagi ishchilarning ish vaqti balansini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. O‘rganilayotgan davrdagi ishlangan kishi kunlar, kishi soatlar soni shu davrdagi kunlik to’xtalishlar ma’muriyat ruxsati bilan ishga chiqmasliklar, kasalliklar, ish tashlashlar va sababsiz ishga chiqmasliklarga bog’liq. Shuning uchun kunlik ish vaqti yo’qotishlar hisoblanishi va tahlil etilishi kerak. Kunlik ish vaqti yo’qotishlari tahlili bunday turib qolishlarni qisqartirish, ba’zida esa kun davomidagi to’xtalishlar, ish tashlashlar, sababsiz ishga chiqmaslik, kasalliklarni oldindan aniqlash hamda qisqartirish imkonini beradi. Kunlik ish vaqti yo’qotishlarini bartaraf etish mavjud ishchilardan foydalanish koeffitsientini oshiradi va ishchilarga bo’lgan talabni kamaytiradi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etish jarayonida rejadagi ko’rsatmalarni naqadar to’g’riligini, o’tgan yilga nisbatan sodir bo’lgan o’zgarishlarni ko’rib chiqish imkonini beradi va kelajakda ish vaqtidan yanada samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Smena ichidagi to’xtalishlar tahlili ish kuni davomiyligidan foydalanish koeffitsienti orqali aniqlanadi, bu koeffitsient haqiqatdagi ish kuni davomiyligining bazisdagisiga nisbati yoki quyidagi formula orqali aniqlanadi: K rd = ) ( . . . пл б рд ф рд П П (5.6) Bunda: Krd - kun davomiyligidan foydalanish koeffitsienti. 102 Prd.f - haqiqatdagi ish kuni davomiyligi. Prd.b(pl) - bazis (reja) davrdagi ish kuni davomiyligi. Kun bo’yi turib qolishlar tahlili bir ishchining ish kunlaridan foydalanish koeffitsienti orqali amalga oshiriladi. Bunda haqiqatda ishlangan ish kunlarining bazis yoki rejadagi ish kunlariga nisbatan olinadi, yoki formulada quyidagicha ifodalanadi: K d = ) ( ПЛ Б Ф Д Д (5.7.) Bunda: Kd – ish kunlarida foydalanish koeffitsienti Df – bir ishchining joriy davrdagi ish kunlari soni DB(PL) – bir ishchining bazis (rejadagi) ish kunlari soni Ish vaqti balansini misol tariqasida 4.3-jadvalda keltiramiz. 5.3-jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki haqiqatdagi ishga kelish fondi 19,05 kunga yoki 8,75 foizga qisqargan. U kun bo’yi turib qolishlar mavjudligi bilan izohlanadi, undan tashqari barcha sabablarga ko’ra ishga chiqmasliklarning soni oshganligi rejada nazarda tutilgan, ma’muriyat ruxsati bilan va ruxsatsiz ishga chiqmasliklar bo’lib o’tgan bu korxonada ish vaqtidan foydalanish borasida jiddiy kamchiliklar borligidan dalolat beradi. Yana bir kamchilik sifatida kasalliklar tufayli ish vaqti yo’qotishlarning 2,5 ga soatga yoki 50 foizga oshganini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Chunki ko’pchilik holatlarda bu mehnatni muhofaza etish tadbirlarining olib borilmaganligi, sanitariya-gigiyena normalarining buzilganligi natijasida kelib chiqadi. Shu bilan birga ish kunining (smena) o’rtacha davomiyligi 0,57 soat yoki 7,28 foizga pasayganligi smena ichidagi ish vaqti yo’qotishlari smena ichida turib qolishlar bilan asoslanadi. Ish vaqtidan qanchalik foydalanishni tahlil etishda real (samarali) ish vaqti koeffitsienti quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi. K rf = ) ( 100 100 пл б ф П П (5.8) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling