Ishchi kuchi sifatining ko’rsatkichi – ishchi kuchining ma’lumot darajasi va
ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish – bu insonning aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining uzluksiz ravishda tiklanib borishi, doimiy ravishda uning bilim
malaka saviyasini ko’tarilib, yangilanib borishidir.
Ichki audit (birinchi tomondan audit) tashkilotdagi mavjud menejment
tizimining samaradorligini baholashning muhim vositasi hisoblanib, tizim faoliyat
ko’rsatishining uning hujjatlardagi ta’rifiga mos kelishini tekshirishni o’zida
namoyon etadi.
Qadriyatlar – bu, subyekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning
asosiy va muhim maqsadlari to’g’risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga
erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir.
Kadrlar – (franst. cadre – shaxsiy tarkib) – 1. Korxona, muassasa, firma,
hissadorlik jamiyatlari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi.
2. Qurolli kuchlarda – haqiqiy xizmatdagi komandirlar va oddiy askarlar tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |