30
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy audit:
ishonchli (tekshirilgan) moliyaviy axborotni beradi;
auditorlik xulosasini berish orqali mijoz tashkilot moliyaviy faoliyatining
aniqligini kafolatlaydi. Unda auditorning majburiyati moliyaviy hisobotlarning
barcha tashqi foydalanuvchilari uchun tekshirilayotgan korxona moliyaviy-xo’jalik
faoliyatining muhim jihatlarini aniqlashdan iborat.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor oldinda turgan sud jarayoni haqida
axborot oladi, bunda mijoz tashkilotga nisbatan (ehtimoliy yo’qotishlarning
kompaniya uchun muhimligiga qarab) katta da’vo qo’yiladi, auditor ushbu axborotni
auditorlik xulosasiga kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Davlat auditi. Davlat auditi davlat ehtiyojlarining qondirilishiga xizmat qiladi.
Auditorlar tomonidan taqdim etiladigan axborotning foydalanuvchilari bo’lib davlat
organlari hisoblanadi. Davlat auditini davlat moliyaviy nazoratining shakllaridan biri
deyish mumkin, lekin u davlatning obyektiv professional bahoga bo’lgan ehtiyojlari
qondirilgan taqdirdagina bu bilan cheklanishi lozim.
Moliyaviy nazorat – davlat moliyaviy boshqaruvining eng muhim funkstiyasi
hisoblanadi. Davlat auditining eng keng tarqalgan shakli – taftish. Taftish – davlat
moliyaviy nazorat tizimining amalga oshirilgan xo’jalik operastiyalarining
qonuniyligini, ishonchliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlashga yo’naltirilgan
tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: