Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Personal auditining maqsadi va vazifalari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
1.5. Personal auditining maqsadi va vazifalari
Auditor – qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beruvchi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan tartibda attestastiyadan o’tgan jismoniy shaxs, ya’ni audit o’tkazish uchun malakaga ega bo’lgan va boshqaruv tizimidagi bevosita o’lchab bo’lmaydigan obyektlar tahlilini o’tkazish va baholashga qodir bo’lgan mutaxassis. Audit qilinayotgan (tekshirilayotgan) tashkilot yoki audit qilinayotgan bo’linma – u yerda audit o’tkazilayotgan tashkilot yoki bo’linmadir. Auditning asosiy vazifasi – mijozni o’tkaziltgan diagnostik tadqiqot asosida tahliliy axborot bilan ta’minlash. Diagnostik tadqiqot xususiyatlari auditning umumiy yo’nalishlarini belgilab beradi. Diagnostik tadqiqot yo’nalishi uning ehtimoliy vositalarini va tekshirish usullarini belgilab beradi. Amerika buxgalteriya uyushmasi qo’mitasining ta’rifiga ko’ra, audit – bu iqtisodiy harakatlar va voqealar haqidagi obyektiv ma’lumotlarni olish va baholashning muayyan mezonga muvofiqligi darajasini belgilovchi va manfaatdor foydalanuvchiga natijalarni taqdim etuvchi tizimli jarayoni. MDH mamlakatlari bozorlarida «kadrlar auditi» umumiy nomi ostida turli xizmatlar taklif etiladi. Asosan bular: 32 - kadrlar ishi yuritilishini ushbu mamlakatning mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qilish; - personalni testdan o’tkazish, ya’ni xodimning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash (shaxsiy xususiyatlar xodimlarning ish ko’nikmalari va mahoratiga har jihatdan ham mos kelmaydi); - xodimlar salohiyatini baholash, ya’ni ushbu xodim kelgusida qaerda samarali bo’lishini tushunish; - personalni boshqarish funkstional jarayonlarining turli dinamik ko’rsatkichlarga mos kelishini baholash; - personalni boshqarish tizimini iqtisodiy baholash. Shunday qilib, kadrlar auditi tor va keng ma’noda qo’llaniladi. Birinchi holatda kadrlar auditi beganda xodimlarni kompleks baholash, ikkinchi holatda esa personalni boshqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Demak, personal auditi predmeti bo’lib tashkilotni boshqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlari hamda personalni boshqarish funkstional jarayonlari hisoblanadi. Nazorat – bu tashkilotning o’z maqsadlariga erishishini ta’minlash jarayoni bo’lib, u standartlarni belgilash, amalda erishilgan natijalarni o’lchash va erishilgan natijalar belgilangan standartlardan katta farq qilgan hollarda to’g’rilashlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi. Tashkilotlarda personal nazoratiga u yoki bu lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo’lgan kasbiy bilimlar va ko’nikmalarni puxta tahlil qilish, eng malakali va tayyorlangan insonlarni tanlab olish hisobidan erishiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling