Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

Qisqacha xulosalar 
Tashkilot  –ijtimoiy  birlik  (jamoa)  bo’lib,  uning  maqsadlari    mavjud  hamda 
tashkilot faoliyati unga yo’naltirilgan bo’ladi. Tashkilotlar o’z maqsadlariga erishishi 
uchun  inson  resurslari,  xom  ashyo  va  axborotlar  bilan  bog’liq  xarajatlar  qiladilar. 
Insonning  murakkab,  ko’p  funkstiyali,  dinamik  tizimdagi  (buni  tashkilot  o’zida 
namoyon  etadi)  xatti-harakati  alohida  qonunlarga  bo’ysunadi.  Mazkur  holatda 


 
33 
tashkilot a’zolarining shaxsiy manfaatlarini va tashkilot manfaatlarini personal auditi 
orqali aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Audit  –  tashkilotning  operastiyalarini  mustaqil  baholash  bo’yicha  professional 
faoliyat.  Auditorlik  standartlari  auditorlik  faoliyatini  tartibga  solish,  auditorlik 
nazoratlarining  yuqori  sifatini  ta’minlash  masalalarini  hal  etishga  yo’naltirilgan. 
Standartlar  bajariladigan  ish  sifatining  o’lchovi  bo’lib,  mijozlar  va  jamoatchilik 
kutayotgan auditorlik ishining bajarilishi va sifatining minimal  darajasini o’rnatadi. 
Auditning  bir  qancha  turlari  mavjud  bo’lib,  ularga  tashqi  va  ichki  audit, 
majburiy  va  tashabbus  qilinadigan  audit,  muntazam  va  bir  martalik  auditlarni  misol 
qilish mumkin. 
Jahon  amaliyotida  auditorlik  faoliyatining  uchta  asosiy  yo’nalishini  ajratish 
mumkin,  ya’ni  moliyaviy  audit,  davlat  auditi,  boshqaruv  auditi.  Bunday  auditlarni 
o’tqazuvchi shaxs auditor deb ataladi. 
Auditor  –  qonun  hujjatlarida  belgilangan  malakaviy  talablarga  javob  beruvchi 
va  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqi  uchun  belgilangan  tartibda 
attestastiyadan  o’tgan  jismoniy  shaxs,  ya’ni  audit  o’tkazish  uchun  malakaga  ega 
bo’lgan  va  boshqaruv  tizimidagi  bevosita  o’lchab  bo’lmaydigan  obyektlar  tahlilini 
o’tkazish va baholashga qodir bo’lgan mutaxassisdir.  
Auditning  asosiy  vazifasi  –  mijozni  o’tkaziltgan  diagnostik  tadqiqot  asosida 
tahliliy axborot bilan ta’minlash. Diagnostik tadqiqot xususiyatlari auditning umumiy 
yo’nalishlarini  belgilab  beradi.  Diagnostik  tadqiqot  yo’nalishi  uning  ehtimoliy 
vositalarini va tekshirish usullarini belgilab beradi.  
Auditor  –  qonun  hujjatlarida  belgilangan  malakaviy  talablarga  javob  beruvchi 
va  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqi  uchun  belgilangan  tartibda 
attestastiyadan  o’tgan  jismoniy  shaxs,  ya’ni  audit  o’tkazish  uchun  malakaga  ega 
bo’lgan  va  boshqaruv  tizimidagi  bevosita  o’lchab  bo’lmaydigan  obyektlar  tahlilini 
o’tkazish va baholashga qodir bo’lgan mutaxassisdir.  
Kadrlar auditi tor va keng ma’noda qo’llaniladi. Birinchi holatda kadrlar auditi 
deganda  xodimlarni  kompleks  baholash,  ikkinchi  holatda  esa  personalni  boshqarish 
jarayonining  barcha  tarkibiy  qismlarini  tahlil  qilish  nazarda  tutiladi.  Shunday  ekan, 


 
34 
personal  auditi  predmeti  bo’lib  tashkilotni  boshqarish  jarayonining  barcha  tarkibiy 
qismlari hamda personalni boshqarish funkstional jarayonlari hisoblanadi 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling