Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


 Iqtisodiy- ijtimoiy prognoz modellarini turlari


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

5.2. Iqtisodiy- ijtimoiy prognoz modellarini turlari.
Iqtisodiy va ijtimoiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki 
kutilayotgan eng yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin.
Vaqt omili hisobga olinganda modellar statistik (ya’ni, model 
chegarasi ma’lum bir vaqt bo’lagi deb o’matiladi va harajatlar 
minimallashtiriladi) yoki dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt 
kesmalari uchun o ’matilib, harajatlar minimallashtiriladi, yoki yakuniy 
natija maksimallashtiriladi) bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy modellami quyidagicha turlarga ajratish qabul qilingan: 
omilli (omilli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash, xalq xo’jaligi rivojlanish 
ko’rsatkichlarini yig‘ish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, 
rayonlararo, tarmoqli, regional modellar bo’lishi mumkin. Xalq 
xo’jaligining rivojlanish jihatlariga qarab modellar asosiy fondlar, mehnat 
resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi kabi turlarga bo’linishi 
mumkin.
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichli darajasi va 
dinamikasining unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar - sabablar darajasi va 
dinamikasiga bogliqligini tavsiflaydi.
O ’zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) 
kabi turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo’Isa mehnat resurslarining borligi 
endogen omilidir.
Omilli modellar turli o’zgaruvchilami va ularga mos keladigan 
parametrlami o’z tarkibiga oladi. Omilli modellaming eng oddiy ko’rinishi 
- bu, bir omilli model bo’lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil 
hisoblanadi. Mazkur holda biror ko’rsatkich tahlili va prognoz vaqti 
xronologik katorga bogliq ravishda amalga oshiriladi va shu yo’l bilan 
trendlar (qaysi bir dinamik qator o’zgarishining umumiy tendensiyasini 
xarakterlovchi bogliqlik) aniqlanadi.
Chiziqli va nochiziqli (nelineynoye) tipidagi ko’p omilli modellar 
prognozlashtirilayotgan ko’rsatkich dinamikasini va darajasiga ta’sir 
etuvchi bir necha omillami bir vaqtning o’zida hisobga olish imkonini
26


beradi. Bunda modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini 
tavsiflovchi modellar, aholi daromadi va narxga bogliq ravishda ayrim 
iste’mol tavarlariga talabni tahlil etish modellari misol bo’la oladi.
Tarkibiy modellar ikkita - butun yoki agregatni tahlil etuvchi alohida 
elementlar orasidagi aloqa va bogliqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar 
tarkibiy balans tipidagi modellar bo’lib, bunda biror qatorda uning 
elementlari orasidagi bogliqlik ko’rib chiqiladi»
Mahsulot hom-ashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va 
ko’p natijali kabi turlarga bo’linadi.
Birinchi guruhga tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki shu tarmoqda 
is’temol qilinadigan boshqa resurs yoki hom-ashyo miqdoriga bitta 
chegara qo’yilgan modellar kiradi.
Ikkinchi guruhga hom-ashyo yoki boshqa resurs iste’moli uchun butun 
tarmoq bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulot talabiga ikki yoki undan 
ko’p cheklanishlar quyilgan modellar kiradi.
Transport omilining ta’sir etish darajasiga ko’ra, tarmoqli, optimal 
rejalashtirish modellari ikki turga bo’linadi: ishlab chiqarish - transport 
modeli ( transport omili e’tiborga olinmaydi) va ishlab chiqarish -transport 
modeli (transport omili e’tiborga olinadi).
5.3. Tarm oqlararo dinamik balans modeK.
Tarm oqlararo dinamik balans (TAB)- iqtisodiyotdagi asosiy model 
bo’lib, unda xalq xo’jaligidagi turli natural va qiymat aloqadorligi 
ko’rsatiladi. U sanoat, kapital qo’yilmalar, mehnat resurslari va tarmoqlar 
bo’yicha mahsulot hajmining o’zaro boglanganligini hisobga olgan holda 
reja davri qator yillari uchun xalq xo’jaligi mahsulotlarining ishlab 
chiqarilish va taqsimlanish ko’rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. 
Yaqin-yaqingacha TAB ikki ko’rinishda - qiymat va nato’ral shaklda 
shakllantirilardi. 
Mamlakat 
bo’yicha 
qiymat ko’rinishidagi 
TAB 
nomenklaturasi 120 ta tarmoq nomenklaturasini o’z ichiga oladi va u 
barcha moddiy ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. Natural 
ko’rinishdagi TAB shu bilan birga mahsulotlami 80 % ni tashkil etuvchi 
asosiy mahsulotlami qamrab oladi. Ushbu balansda 600 ga yaqin zaruriy 
mahsulot turlari aks ettiriladi.
Natural - qiymat balansi modeli xalq xo’jaligining kompleks tavsifmi 
aks ettiradi. Moddiy qiymat TAB modeli balanslashtirilgan reja uchun 
boshlangich ma’lumotlar: MD hajmi, tarkibi ko’rsatkichlari, eksport, 
import va kapital ta’mirlash hajmi ma’lumotlaridir.
27


TAB modeli bo’yicha ikki tipdagi hisob - kitoblar amalga oshiriladi:
Bunda berilgan yakuniy iste’mol darajasi bo’yicha mahsulotlami 
ishlab chiqarish va taqsimlanishining balanslashtirilgan rejasi hisoblab 
topiladi.
Aralash hisob - kitoblami o’z ichiga oladi. Bunda ba’zi tarmoqlarda 
ishlab chiqarish hajmi to’grisidaga ma’lumotlar va boshqa tarmoqlarga 
yaquniy iste’molga berilgan mahsulotlar bo’yicha ishlab chiqarish va 
taqsimlash balansi tuziladi.

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling