Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


- ishchi kuchi kapital mulk, ishlab  chiqarish omillarining qo’llanishi natijasida yuzaga keladigan daromad. Qarzlar -


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

 
- ishchi kuchi kapital mulk, ishlab 
chiqarish omillarining qo’llanishi natijasida yuzaga keladigan daromad.
Qarzlar
-

zayomlar

(borrowing)
 
- ma’lum bir muddatga qaytarib 
olish sharti bilan berilgan mablag‘lar. Qarzlar quyidagicha bo’lishi 
mumkin: foizsiz tijorat shaklidagi qarzlar, imtiyozli qarzlar hamda ichki va 
tashqi 
qarzlar. 
Iqtisodiy 
siyosatda 
qarzlar 
quyidagi 
holatlarda 
foydalaniladi: jismoniy: yuridik shaxslar qarzlari ichki qarzlarga kiradi.
Aholining bandligi (employees)
 
- ijtimoiy ishlab chiqarishni fuqarolik 
sektorida band bo’lgan va mamlakat qonunchiligi tomonidan aniqlangan 
normalarga mos ravishda hisobga olinadigan mehnatga layoqatli yoshdagi 
aholi.
Jami band aholi (employees)
 
- band 
bo’lgan aholi va harbiy 
xizmatchilar.
Bandlik darajasi (rate o f empioyees)
 
- bandlami umumiy sonini 
mehnatga layoqatlash yoshdagi aholiga nisbati.
Ish haqi (wage

nominal)
 
- pul, qiymat shaklidagi ish haqi.
Real ish haqi (real wage)-
 
narxlar o’zgarishi 
darajasi hisobiga 
tuzatish kiritilgan nominal ish xaqi (yoki nominal ish haqidan narxlar 
o ’zgarishi darajasini hisobga olingani).
Import (import)
 
- mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el 
mollarini, kapitalini va texnologiyasini olib kelish. Import xalqaro mehnat 
taqsimoti natijasidir. U xalq xo’jaligi, vaqtni tejash, xalq ehtiyojini 
qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi.
178


Investitsiya (investment)
 
- ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 
mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq 
muddatli kapital kiritish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud,
Narxlar indeksi (price index)
 
- ikki har xil vaqt oralig‘ida tovar va 
xizmatlarga narxning muvozanatini o’zgarishini aks ettiruvchi ko’rsatkich.
Iste’mol narxlar indeksi (cosumer price index)
 
- o ’rtacha oila 
tomonidan odatda iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis 
davriga nisbatan o’zgarishini o’rtacha darajasini aks ettiradigan 
ko’rsatkich, inflyatsiya ko’rsatkichi sifatida ishlatiladi.
Ishlab chiqaruvchilar narxlarining indeksi (producer price index)
 
bazis davri oralig‘ida xom-ashyo materiallar va oraliq tovarlari narxini 
o’zgarishini o’rtacha darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkich. YalMni 
maksimal darajada detallashtirilgan komponentlari narxini solishtirma 
narxlarga o’tkazishda ishlatiladi.
Indekslar- YalM deflyatorlari (GNP deflators)
 
- YalM ko’rsatkilarini 
solishtirma narxlarda aks ettirish uchun ishlatiladigan indekslar guruhi, 
bularga narxlami agregat indeksi, YalM deflyatori narxlari indeksi, 
iste’molchi narxlar indeksi, shunigdek, maxsus tashkil qilingan indekslar 
kiradi.
YalMni deflyatori narxlar indeksi (GNP implicit price deflator) - 
joriy narxlardagi YalMni solishtirma narxlardagi YalMga nisbatan 
tafsiflovchi ko’rsatkich yoki boshqacha qilib aytganda nominal YalMni 
real YalMga nisbati.
Indeksatsiya (indexation) 
- iqtisodiyotdagi narxlami o’rtacha 
darajasini o ’zgarishiga bog‘liq ravishda ish xaqi va boshqa daromadlami 
tuzatish, kelishtirish tizimi.
Inflyatsiya (inflation)
 
- pulning kadrsizlanishi, muomiladagi pulning 
kadrsizlanishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida 
tovar bilan ta’minlanmagan pullaming paydo bo’lishi. Inflyatsiya tovar 
bahosining ochiqchasiga va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi (rate o f inflation)-

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling