Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
Nazorat uchun savollar
1. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognoz qilish qanday tizimlarga asoslanadi? 2. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish mamlakatning makroiqtisodiy holatini aks ettiruvchi qaysi ko’rsatkichlariga asoslanadi? 3. Mintaqalami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlash muddatiga ko’ra qanday turlarga ajratish mumkin? 4. Uzoq muddatli prognozlashning uslubiyati qanday? 5. O’rta muddatli prognozning uslubiyati asoslari nimadan iborat? 13 6. Qisqa muddatli prognozlar deganda nimani tushunasiz? Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A.Karimov Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari-T.: O ’zbekiston, 56 b. 2. Abdullaev A.M., Irmatov M.M., Haydarov M.T., Ashurova D.S. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish. O’quv qo’llanma. - Т.: TDIU, 2006. - 249 b. 3. Irmatov M.M., Haydarov M.T. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning prognozlashtirish. O ’quv qo’llanma. - Т.: TDIU, 2004. 4. Li A.N. Maqalliy tuzilmalami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognoz qilish. O’quv qo’llanma. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamharmasi nashriyoti. - Т.: 2004. 5. Vasileva O.V. Prognozirovanie i planirovanie v usloviyah rinka. Uchebnoe posobie. - М.: 2005. 14 I ll BOB. IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNI PROGNOZLASHTIRISHNITASHKIL ETISH TARTIBI VA YO’NALISHLARL 3.1. Davlat va mintaqa miqyosida prognozlashtirish va uni tashkil etish tartiboti. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish- tizimlashtirilgan ilmiy asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari va bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlashtirishda uzoq, o’rta, qisqa muddatli prognozlami o ’z ichiga oladi. O ’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish: — asosiy iqtisodiyotni strukturasining umummilliy qiziqishlarini bajarilishiga yo’naltirilgan davlat dasturlari. — demografik qolat tahlili, ilmiy-tehnikaviy saloqiyat, milliy boylik, ijtimoiy struktura, tashqi qolatlar, tabiiy resurslaming kompleks tahlili dasturlari. Prognoz jarayonini shakllantirish teskari aloqa tamoyiliga asoslanadi: iqtisodiy siyosat yo’nalishlari va xo’jalik sub’ektlari faoliyatlarini hisobga olgan holda hudud strategiyasini ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimi quyidagi asosiy talablami qondirishi lozim: — maqsadga erishish uchun barcha xo’jalik tarmoqlari va sektorlarini hamrab olib yahlit iqtisodiyotni boshharish. — bozor mehanizmlaridan foydalanib xo’jalik sub’ektlari faoliyatini balanslashtirish. — ishlab chiqarish qolatiga ko’ra tartibga solishni tabaqalashgan usulidan foydalanish. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik maqsad va bosh vazifalami prognozlashtirishning yo’naltirilganligi; 2) prognozning uzluksizligi; 3) makroiqtisodiy balanslashtirishni ta’minlash maqsadida jami talab prognozlarini va ishlab chiqarishni raqbatlantirishni hisobga olish; 4) echimlami qabul qilishda kompleks yondoshuv; 5) prognozning elastikligi va egiluvchanligi, tashqi va ichki sharoitlarga ta’sirini hisobga olish; 6) ustuvor yo’nalishlarda nazoratni ta’minlash; 7) pronozlarning ilmiy asoslanganligi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognoz qilishni ishlab chiqishda quyidagilardan foydalanish talab etiladi: 1) makroiqtisodiy tahlil usullari, qaysiki ulami predmeti bo’lib, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, proporsiiyalar, iste’mol va jamharmalar, iqtisodiy o’sish omillari, iqtisodiyot sektorlari va rivojlanish tarmoqlari hisoblanadi; 2) prognozning optimal variantlarini hisobga olishda ekonometrik tahlil va iqtisodiy-matematik modellashtirish usullardan foydalanish; 3) statistik ahborotlami zamonaviy tehnologiyalami qo’llagan holda statistik tahlil usullariga asoslanish; 4) statistik tahlilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari omili dinamikasiga ta’sirini ekspert baholash usuliga asoslanish. Asosiy iqtisodiy proporsiiyalar o’zgarishlarini prognoz qilishda qiymat va natural balanslar tizimi o’z ahamiyatini saqlab qoladi, iqtisodiyotda iste’mol nisbatlari va resurslami baholash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari rivojlanishini maqsadliligini ta’minlashda dasturlami ishlab chiqish va ulami tartibga solish instrumenlari tizimi asosiy hisoblanadi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling