Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti
“Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
tovarlarning tashqi bozordagi harakatini taminlashda transport tizimini takomillashtirish eldorado trans-servis masuliyati cheklangan jamiyat misolida
2.2. “Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili “Alutex” (Alyumin texnologiyalari) nomi ostida 1999 – yildan boshlab O’zbekiston – Britaniya qo’shma korxonasi ish boshladi. Shu davrdan boshlab korxona alyumin profillari va jihozlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullana boshlagan, ya’ni ularni tayyor holda import qilib, sotgan. Keyinchalik, 2003-yilda “alyumin profillarini o’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga tatbiq qildi va hozirgi kunda, loyihani yanada rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda. Alutex QK alyumin profillari va jihozlari uchun ixtisoslashtirilgan O’zbekistondagi birinchi korxona hisoblanadi. ISO 9001, DIN 1055 (Germany), TS 498 (Turkey), GOST 8617-81 (Russia) standartlari, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy normativ hujjatlari bo’lib hisoblanadi. Alutex alyumin profillari sohasida ilg’or rivojlanayotgan korxonalardan biridir. 37
Korxonada alyumin profillarini ishlab chiqarishning to’liq sikli amal qiladi, ya’ni alyumin va boshqa tarkibiy qismlarning aralashmasidan hosil bo’lgan alyumin qotishmalarini quyishdan boshlab, tayyor holga kelguncha bo’lgan jarayonning barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar muntazam ravishda eksport qilinadi, shuningdek, mamlakatning turli nuqtalariga yetkaziladi. Korxonaning asosiy hamkorlari asosan, qurilish sohasidagi korxonalar hisoblanadi, shu bilan birga sanoatning boshqa sohalaridagi korxonalar bilan ham turli xil munosabatlar o’rnatilgan. Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulot olishning garovi hisoblanadi. Korxona, alyumin profillaridan tashqari, avtomobil sanoatida ishlatiladigan maxsus profillar, quyosh batareyasi radiatorlarining elementlarini, radioantenna ustunlari, mebel jihozlarini, zinalar chetiga o’rnatiladigan panjaralar hamda boshqa jihozlarni ishlab chiqaradi. Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulotning garovi hisoblanadi. “O’zbekistondagi 1- raqamli profil” – korxona mahsulotlariga bunday nomning berilishi bejiz emas albatta, chunki Alutex QK MDH davlatlarida marketing tadqiqotlari agentligi tomonidan har yili o’tkaziladigan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillardan beri birinchi o’rinni egallamoqda. Korxonaga Germaniyaning “Grenier Extrusion GmbH” korxonasi tomonidan berilgan DIN 1055 sertifikati esa, korxona mahsulotlarining Yevropa standartlariga to’liq javob berishini bildiradi. Mahsulot tayyor bo’lishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ular quyidagilar:
Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling