Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti
Furnitura va Aksessuarlar
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
tovarlarning tashqi bozordagi harakatini taminlashda transport tizimini takomillashtirish eldorado trans-servis masuliyati cheklangan jamiyat misolida
Furnitura va Aksessuarlar
Zavodda deraza va eshiklar uchun kerak bo’ladigan detallar, jumladan, ushlagichlar, burama mixlar, ilgichlar, oshiq-moshiqlar va boshqa alyumin va plastic qurilmalarni yig’ish uchun ishlatiladigan detallarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan 39
Korxonaning o’z strategiyasi marketing sohasiga ham e’tibor bergan holda asosan samarali va sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga yo’naltirgan. Ma’lumki, hozirgacha korxonalar tomonidan iste’molchilar ehtiyojlari to’liq o’rganilmagan bo’lib, arzon narxli tovar ishlab chiqarish kerakmi yoki sifatli va qimmat tovarmi, degan savol hanuz javobsiz qolmoqda. Ko’pgina kompaniyalar eksport qilishni passiv holda boshlaydilar. Ba’zan sababsiz ravishda, kompaniyalar o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlari haqida tashqi dunyodan ma’lumotlar talabnomalari olib turadilar. Salohiyatli iste’molchi va distribyutorlar odatda, xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqida ilmiy ommabop jurnallardan, turli xil reklamalardan ma’lumot olish orqali o’rganadilar. Bunday holatda, xorijiy kompaniyalar o’z mahsulotlarini tashqi bozordagi iste’molchilarning xohish, talablariga moslashga harakat qiladilar. Bu tajribani kompaniyalarichki bozordagi sotuv hajmi yuqori bo’lgandagina qo’llaydilar. Bunda kompaniya ichki bozorda mahsulotlariga bo’lgan talab taklifdan ko’ra kamroq bo’lganda eksport qiladilar. Eksport qilishdagi mavjud boshqaruv harajatlari esa eksport qilinayotgan mahsulotning narxini kamaytirish maqsadida ichki bozordagi sotuvdan qoplanadi. Shuningdek, kompaniya birinchi bo’lib o’z mahsulotini keng miqyosda ichki bozorda sotib, keyinchalik eksport qilish maqsadida xorijiy bozor segmentlarini izlashi ham mumkin. Bozor sig’imi kichkina bo’lgan hollarda esa, horijiy bozorda iste’molchi talabi yuqori bo’lgan taqdirda ham kompaniya ma’lum bir bozor segmentini tanlab olib, mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirgan siyosatni qo’llaydi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan alyumin profillaridan Aldox, Elite,TermoLux va boshqalar Alutexning asosiy mahsulotlari bo’lib hisoblanadi (1- ilova). Bundan tashqari kompaniya ko’pgina sohalarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan standart profillarni ham ishlab chiqaradi.
40
Standart profillar
a (mm)
b (mm)
c (mm)
Og’irligi Trubalar
c b
10-56
1-3 0.080-
1.500
To’g’ri burchakli (kvadrat) profillar
c b a
10-50
10-113 1-4
0.160-
1.850
To’g’ri burchak
b a
10-120
2-40
0.165- 8.640
Burchaklar c b
a
10-60
10-50 1-5
0.110-
1.280
Sterjen (tayoqcha) b
5-19
0.055-
0.768
Olti burchakli
a
14-30
0.460- 2.115
П shaklidagi profillar c b a
10-45
10-25 0.9-1.5
0.075-
0.225
T shaklidagi profillar a
20-40 20-40
1.2-2
0.130-
0.435 11-rasm. Alutex QK standart profillari 17
Ma’lumki, kompaniyalar marketing miks majmuasining bir qismi sanalgan narx siyosatiga katta e’tibor qaratishadi. Narx esa mahsulotlarni maksimal darajada sotilishi uchun ma’lum miqdorda past bo’lishi bilan birgalikda, mahsulotning tarqatilishi, ishlab chiqarish, tadqiqot va rivojlantirish faoliyatlariga etarlicha pul mablag’lari oqimini ta’minlashi uchun yuqori bo’lishi kerak. Ma’qul belgilangan
17 Alutex QK mahsulotlar katalogi, 2013 41
narxnafaqat qisqa muddatli daromadni ta’minlaydi, balki uzoq muddat davomida raqobatbardosh bo’lishi uchun kerakli resurslarni etkazib beradi. Quyidagi omillar narx siyosatini xalqaro miqyosda belgilashning murakkabligini ifodalaydi: Mamlakatlarda hukumat aralashuvining turli darajada ekanligi. Bozorlarning xalqaro darajada turli-tumanligi. Eksport qilinadigan mahsulotlarning narxini oshishi. Valyuta birliklari qiymatining o’zgarib turishi. Bevosita (o’zgaruvchan) va bilvosita (o’zgarmas) narx siyosatidagi farqlanishlar. Sotuvchilar bilan ta’minotchilar o’rtasidagi munosabatning mustaxkamligi darajasi. Butunjaxon Savdo Tashkiloti yo’riqnomalariga ko’ra eksport qilayotgan davlat o’zining ichki bozoridagi narxlardan arzon narxda boshqa mamlakatga eksport qilsa, bunday xolatda importyorga import mahsulotlari uchun cheklovlar qo’yish ruxsati berilgan. Agarda importyor davlat mahsulot kirishiga cheklov qo’ymagan taqdirda xam, uni bozorda juda qimmat narxda sotilishini taqazo qilib qo’yadi. Kompaniya milliy bozordagi narxlardan past narxda eksport qilishning bir necha sabablari bor. Bitta sababi xorijiy bozorda mahsulot sotuvini sinab ko’rishdir. Masalan, kompaniya mahsulotining xorijiy bozordagi baxosi transport va bojxona tariflari natijasida ko’tarilib ketishi mumkin. Tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, xorijiy bozorga sarmoya olib kirib, u erda tayyor mahsulot ishlab chiqarib xamda uni iste’molchilarga taklif etsagina mahsulot narxini ma’lum darajada pasayishiga erishiladi. Xorijiy bozorda narx belgilashning murakkabligini eksport mahsulotlari narxini oshish sabablarida xam ko’rish mumkin. Iste’molchiga mahsulot etib kelgunga qadar nechta taqsimot kanallaridan o’tishi, transport xarajatlari va boj to’lovlari kabi omillar ta’sirida narxning oshishi kuzatiladi. Faraz qilaylik, eksportyor uchun narx belgilashda daromad foizi ishlab chiqarish xarajatiga nisbatan 50 foiz qo’shimcha qiymat qo’shiladi. Ya’ni, 1,00$ ishlab chiqarish xarajatiga qo’shimcha 50 stent qo’shilib, eksportyorning taklif etadigan narxi 1.50$ bo’lishi ko’zda tutilgan. Agar
42
ishlab chiqarish xarajati 1.20$ga oshsa, u xolda daromad foiziga ko’ra yakuniy narx 1.70$ (1.20+0.50) emas, balki 1.80$ (1.20+0.60) bo’lishiga olib keladi. Aytaylik, transport xarajatlari 0.25$ va boj to’lovi 0.15$ miqdorida importyor tomonidan belgilangan. Demak, importyor uchun mahsulotning bozorga kelib tushishi 1.90$ (1.50+0.15+0.25)ni tashkil etadi. Agar importyorning xam daromad foizi 50 foiz qilib belgilangan bo’lsa, u xolda so’ngi istemolchiga taklif etiladigan narx 2.85$ (1.90+0.95)ni tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, eksport qilinayotgan mahsulot narxining oshib ketishi asosan ikki sababga bog’liq: 1. Taqsimot kanallari eksportyordan uzoq masofada joylashganligi va natijada transport xarajatlarining oshib ketishi; 2. Qo’shimcha boj to’lovlari pirovardida iste’molchi uchun ortiqcha yuk bo’lishi. “Alutex” QK ham o’z mahsulotlarini eksport qilishda shu omillarni hisobga olib, mahsulot narxini uning tannarxi bilan deyarli bir xil narxda eksport qiladi. Korxonaga faoliyatiga bir necha ichki va tashqi muhitdagi omillar ta’sir ko’rsatadi.
Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling