Imkoniyatlari
Yuqorida aytib o’tilganidek, ichki bozorimiz hali alyuminga to’yinmagan. Qolaversa,
qo’shni mamlakatlarda ham alyumin yangi mahsulot hisoblanadi. Alutexda o’z
bozorini kengaytirish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud;
Korxona alyumin profillarini turini o’zgartirish uchun kerak bo’ladigan qoliplarni o’zi
yasay oladi. Bu esa yangi turdagi mahsulot assortimentlarini yaratishga imkoniyat
ochadi;
So’nggi yillarda mamlakatimizda amal qilayotgan mahalliylashtirish dasturiga
muvofiq, import qilinayotgan mahsulotlarning ma’lum qismini o’zimizda ishlab
chiqarish imkoniyati oshmoqda. Bu esa mahsulot tannarxini pasayishiga sezilarli
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, “TLZ” bo’yoqlari, korxona import qilayotgan
“Pulver”dan ko’ra ancha arzon, lekin mahsulotning sifati Alutex talablari darajasida
bo’lmaganligi uchun kompaniya bo’yoqni import qilishga majbur;
Eksportyorlarni qo’llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora – tadbirlar
korxonaga bir qancha imkoniyatlarni, soliqlardan imtiyozlarni taqdim etgan. Agar
korxona eksport hajmini yanada oshirsa ko’proq imtiyozga ega bo’lishi mumkin.
Xavf – xatar
Alyumin yengil mahsulot bo’lganligi uchun tezda ommalashib ketgan. Har qanday
mahsulotda bo’lgani singari, uning ham hayotiylik davri mavjud va taxminimizcha u
45
keyingi 10 yillikda hali beri tugamaydi. Lekin ana shu hayotiylik davrining tugashi
korxona uchun eng katta xavf bo’lib hisoblanadi;
Alyumin profilini tayyor bo’lishi jahon bozoriga bog’liq. Alyumin homashyosining
narxi bevosita London birjasidagi trendga bog’liqdir. U yerdagi ozgina ko’tarilish
yoki tushish unchalik ahamiyat kasb etmasligi mumkin, lekin xalqaro miqyosdagi har
qanday inqiroz unga ta’sir etmay qolmaydi;
Oxirgi 5 yil davomida shu soha bilan shug’illanuvchi raqobatchilar soni bir muncha
oshdi va buning natijasida korxonaning bozordagi ulushi qisqardi. Raqobatchilarning
ko’payishi iste’molchilar uchun yaxshi albatta, qaysi mahsulotni tanlash ular
ixtiyorida bo’ladi, lekin ishlab chiqaruvchilar uchun bundan ortiq xavf bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |