Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti


Porterning 5 kuch modeli bo’yicha Alutex QKsi tahlili


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/46
Sana05.01.2022
Hajmi1.84 Mb.
#213930
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
tovarlarning tashqi bozordagi harakatini taminlashda transport tizimini takomillashtirish eldorado trans-servis masuliyati cheklangan jamiyat misolida

Porterning 5 kuch modeli bo’yicha Alutex QKsi tahlili 

 

13-rasm. Muallif tomonidan tuzilgan 



Hozirgi kunda shu tarmoqda bir nechta korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 

asosiylari esa “Akfa”, “Alutex”, “Alsys” korxonalari hisoblanadi. Ularning 

raqobatlashuviga 4ta asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 

Akfa, Alutex, 

Alsys

(Tarmoq ichida 



raqobat)

Rossiya, Xitoy, Turkiya 

asosiy ta'minotchilar

(Ta'minotchilar kuchi)

Plastik, yog'och va 

boshqalar

(O'rinbosar mahsulotlar)

Alubond, Artplast, Ekopen, 

Aluplast

(Yangi ishlab 

chiqaruvchilarning kirib kelishi)

Hali to'yinmagan 

ichki bozor, 

mintaqaviy bozor

(Xaridorlar kuchi)



46 

 

1-  Yangi ishlab chiqaruvchilarninig tarmoqqa kirib kelishi. “Alubond”, 



“Artplast”, “Ekopen”, “Aluplast” shular jumlasidandir. Ishlab 

chiqaruvchilarning ko’payishi natijasida mahsulot narxi pasayadi. 

Iste’molchilarda tanlash imkoniyati ko’payadi va ularning e’tiborini jalb qilish 

uchun korxonalar yangi mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishni 

boshlashmoqda. Bu omil ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilmay qolmaydi. 

2-  Xaridorlar kuchi. Ishlab chiqaruvchilarning ko’payishi natijasida ichki bozor 

turli xil mahsulotlar bilan boyidi, lekin hali ham narx belgilashda ishlab 

chiqaruvchilar ustunlikka egalar. Buning sababi esa mahsulotga bo’lgan 

talabning taklifdan ko’pligidir.  

3-  Ta’minotchilar kuchi. O’zbekistonning geografik joylashuviga ko’ra, 

“Alutex”ga eng yaqin bo’lgan alyumin qazib oluvchi va qayta ishlovchi 

zavodlar Rossiya, Xitoy, Tojikiston va Hindistonda joylashgan. Tojikistondagi 

siyosiy vaziyat sababli bu davlatdan alyumin olinmaydi. Hindiston esa Rossiya 

va Xitoydan ko’ra uzoqroq. Yagona yo’l Xitoy yoki Rossiya. Ko’rinib 

turibdiki, mamlakatimizda alyumin savdosi bilan shug’illanuvchi korxonalar 

shu ikki davlatning alyumin qazib oluvchilari yoki qayta ishlovchilariga 

bog’lanib qolgan. “Alutex” qo’shma korxonasi Rossiyaning “UC Rusal” 

korxonasining doimiy hamkori hisoblanadi va xomashyoni ulardan import 

qiladi. Mahsulot narxining o’sishi ta’minotchilarga bog’liq bo’lib qolgan.   

4-  O’rinbosar mahsulotlar. Bundan 10 yillar oldin, hozirgi alyumin profilli deraza 

va eshiklar o’rnida yog’och yoki temirdan yasalganlari bo’lar edi. Hozirda 

yog’och o’rnini plastic profillar egalladi. Og’ir temirlar esa yengil bo’lgan 

alyumin profillari bilan almashtirildi. Ya’ni alyumin va plastik profillar o’zaro 

o’rinbosardir. Hozirda uylarni jihozlash uchun arzonroq hisoblangan plastik 

profillar ishlatilmoqda. Lekin bino, inshoot, maktab, oliygohlar uchun alyumin 

profillar ishlatiladi. Chunki alyumin plastikdan ko’ra ancha mustahkam

chidamli va baquvvat hisoblanadi.  



47 

 


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling