Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti


Ikkinchi bob bo’yicha qisqacha xulosalar


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/46
Sana05.01.2022
Hajmi1.84 Mb.
#213930
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
tovarlarning tashqi bozordagi harakatini taminlashda transport tizimini takomillashtirish eldorado trans-servis masuliyati cheklangan jamiyat misolida

 

Ikkinchi bob bo’yicha qisqacha xulosalar 

 

 

  Brending teхnоlоgiyasi – bu o’ziga хоs usul va uslublardan tashkil tоpgan 

bilimlar tizimidir. U operatsiyalar va protseduralardan tashkil topib, ma’lum bir tartib 

va ketma- ket keladigan kombinatsiyalardir. 

 

  Brending jarayoni – bu bоshqaruv faоliyatining majmui bo’lib, brending 



tizimida operatsiya va protseduralarning o’zarо, uyg’un mоs ravishda ta’minlоvchi 

usul va uslublardan ibоrat. 

 

  Ko’pgina kompaniyalar (Coca - Cola kabi) bir xil yagona turdagi o’z 



brendlaridan ham milliy ham xalqaro miqyosda foydalanadilar. Ba’zi kompaniyalar, 

jumladan, Nestle firmasi bir necha mahsulot turlari uchun har xil brendlarni ishlatib 




55 

 

(Nestea va Neskafe kabi) xalqaro bozorlarga o’z mahsulotlarini olib kiradilar. 



Shunday bo’lsada, firma belgilarini xalqaro miqyosda foydalanishda ham til omili

firma nomlarining qo’shilishi va ishlab chiqaruvchi davlat imidji kabi omillar salbiy 

ta’sir ko’rsatishi mummkin. 

  “Alutex”  (Alyumin  texnologiyalari)  nomi  ostida  1999  –  yildan  boshlab 

O’zbekiston  –  Britaniya  qo’shma  korxonasi  ish  boshladi.  Shu  davrdan  boshlab 

korxona  alyumin  profillari  va  jihozlarining  ulgurji  savdosi  bilan  shug’ullana 

boshlagan,  ya’ni  ularni  tayyor  holda  import  qilib,  sotgan.  Keyinchalik,  2003-yilda 

“alyumin profillarini o’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga tatbiq qildi va 

hozirgi kunda, loyihani yanada rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.  

Korxonada  alyumin  profillarini  ishlab  chiqarishning  to’liq  sikli  amal  qiladi, 

ya’ni alyumin va boshqa tarkibiy qismlarning  aralashmasidan hosil bo’lgan alyumin 

qotishmalarini  quyishdan  boshlab,  tayyor  holga  kelguncha  bo’lgan  jarayonning 

barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi. 

 

    Korxonada  brend  qurish  texnologiyasining  asoslari  quyidagilar  bo’lib 



hisoblanadi: 

1.  Brendning mоhiyatini aniqlash. 

2.  Brend nоmini tanlashda ratsional va emotsional aspektlarni inоbatga оlish. 

3.  Brend mоhiyati va asotsiatsiyalarini turkumlanishini tahlil qilish. 

4.  Brendning ustunliklarini uni pozitsiyalashda hisоbga оlish. 

5.  Brend va uning atrоfida o’rab turgan оmillarni ketma-ketligini mоdellash. 

Brend  konsepsiyasini  yaratishda  imkon  boricha  maqsadli  auditoriyani  aniq 

tasavvur  qilish  kerak,ammo  bu  tasavvur  abstrakt  emas,  balki  aniq  misollarga 

asoslansin:  maqsadli  auditoriyaga  kimlar  kiradi  va  ularning  istaklari  qanday,  ularni 

nimalar qiziqtiradi, nima bilan shug’ullanadi va hk. 

 

Brendni haddan tashqari murakkablashtirib yubormaslik kerak, aksincha 



brendning vazifasi – iste’molchi tovarni oson qabul qilishini, uning xossalari 

boshqalardan ajralib turishini va xotirada yaxshi saqlanishini ta’minlashdir. Agar 




56 

 

brend yaratilayotganda faqat ishlab chiqaruvchilar tasavvuriga asoslansa, oxir oqibat 



shunga erishiladiki, brend faqat ishlab chiqaruvchining miyasida bo’ladi, iste’molchi 

uchun esa u mavhumligicha qoladi. 

 

Yana  bir  e’tiborga  molik  jihat  shundan  iboratki,  iste’molchi  har  kuni  ma’lum 



bir  tovarga  o’xshagan  ko’plab  sondagi  mahsulotlarga  duch  keladi,  ularning  barcha 

tavsiflarini solishtirishga esa uning vaqti yo’q. 

 

 

 



 


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling