Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
6.2. Korxonalar rentabelligi tahlili
Korxonaning rentabelligi nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, korxona faoliyati samaradorlik darajasini ifodalaydi. Demak, korxonalar faoliyatini baholashda asosiy, sifatli ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Rentabellik darajasi korxonalar faoliyatida bajarishayotgan vazifalarni oldindan aniqlaydi. Bunday vazifalar bo‘ lib quyidagilar hisoblanadi: - rentabellik ko‘rsatkichi korxonalar faoliyatiga sarflangan sarmoyalarni, o‘zini o‘zi qoplashini aniqlaydi. Sobiq Ittifoq davrida xalq-xo‘jalik miqyosida o‘rtacha o‘zini o‘zi qoplash muhlati sifatida 7-9 yil qabul qilingan edi. Demak, korxonalar o‘zini o‘zi qoplash uchun ularning faoliyatida rentabellik 12-14 % dan kam bo‘lmasligi kerak. - Hozirgi paytda hamma korxonalar faoliyatida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish amalga oshirilishi, moliyalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kerak, ya’ni olingan foyda hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirib, uning texnikaviy darajasini ko‘tarib borish lozim. Buning uchun, ya’ni o‘zini o‘zi moliyalashtirish uchun, korxonalarning rentabellik darajasi 20-25 % dan kam bo‘lishi kerak emas. - Ma’lumki, korxonalar o‘zlarining mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z manbalaridan, ya’ni korxonalarga tegishli manbalardan hamda tashqaridan olinadigan uzoq va qisqa muddatli qarzlardan foydalanishi mumkin. Lekin, bu qarzlarni o‘z vaqtida qaytarib berish kerak. Buning uchun ham korxonalarning rentabelligi kerakli darajada bo‘lishi lozim. - Respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti ko‘rilyapti. Buning uchun respublikada kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilyapti. Bu siyosat ham xalq xo‘jaligida, ham alohida korxonalar miqyosida o‘tkazilyapti. Korxonalarda bu 91 masalani yechish uchun ular kerakli darajada rentabellikka ega bo‘lishlari lozim. Shunday qilib, rentabellik katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni tahlil etish moliyaviy tahlilda o‘z o‘rnini topishi lozim. Rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan oldin ikki narsani aniqlab olish lozim: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling