Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
Birinchidan, rentabellik qanday shakllarda bo‘lishi mumkin?
Ikkinchidan, rentabellik nisbiy ko‘rsatkich ekan, uning darajasi qanday aniqlanishi, nimaga nisbat hisoblanishi lozim? Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, rentabellik iqtisodiy toifa, atama bo‘lib, sotsializm bilan bog‘liq sobiq sotsialistik korxonalar samaradorligini o‘lchash uchun o‘ylab chiqilgan va shakllantirilgandi. Sho‘ro davrida korxonalarning rentabellik ko‘rsatkichi kapitalizm tizimiga taalluqli foyda me’yoriga qarshi, uning o‘rniga o‘ylab chiqilgandi. Ma’lumki, kapitalizm davrida foyda me’yori ikki shaklda aniqlangan: - kapitalistik foydani kapitalistik ishlab chiqarish joriy xarajatlarga bo‘lish yo‘li bilan, bizning terminamoliyamiz bo‘yicha bu foydani sotilgan mahsulotlarning tannarxiga bo‘lish bilan; - kapitalistik foydani kapitalistik korxonalarda avanslashtirilgan fondlarga — doimiy kapitalga, bizning terminlarimiz bo‘yicha ishlab chiqish asosiy va aylanma fondlarga va o‘zgaruvchan kapitalga, bizning terminalogiyamiz bo‘yicha ish haqiga sarflangan kapital-mablag‘larga bo‘lish yo‘li bilan aniqlangan. Respublika bozor munosabatlariga o‘tar ekan, korxonalarning moliyaviy holatini baholashda yuqorida ko‘rsatilgan foyda me’yor ko‘rsatkichlariga o‘tishi kerak edi, lekin bozor munosabatlariga o‘tish davrida rentabellik ko‘rsatkichlari saqlab qolinmoqda. Rentabellik ko‘p qirrali, murakkab iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u o ‘z shakllanish ta’rifiga ega. Sho‘ro davrining birinchi yillarida sotsializm tizimiga moslashtirilgan butun iqtisodiy muammolar, ko‘rsatkichlar shakllana boshladi, jumladan, rentabellik ko‘rsatkichi ham. Sho‘ro davrida faoliyat kechirayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan korxonalar ishiga baho berib, trotskichilar foyda keltirmayotgan, demak, davlat budjetiga hech narsa o‘tkazmayotgan korxonalarni yopishni, tugatishni talab qildilar. Bunga qarshi sotsializm tizimiga moslashgan rentabellik ko‘rsatkichni asoslash lozim edi. Shu maqsadda sotsializm tizimi davrida 1928 yildan boshlab, korxonalarning rentabelligi ikki shaklda ifodalanishi tasdiqlangan: joriy rentabellik Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling