Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rentabellikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari
Mahsulot rentabelligi, odatda, savdo tashkilotlarida keng foydalanib, hozirgi
paytda foydalanish uchun boshqa tarmoqlarga ham tavsiya etilyapti. Bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulotni har bir so‘miga nisbatan qancha foyda olinganligini ifodalaydi va demak, u sotilgan mahsulotdan olingan foyda asosida aniqlanishi lozim. Mahsulot rentabelligi = Mahsulot sotishdan olingan foyda Mahsulot sotishdan tushum Sotilgan mahsulotdan olingan tushum sof bo‘lishi lozim. Ya’ni yalpi tushumdan qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliq va aktsiz soliqlar olib tashlanishi kerak. 99 2. Rentabellikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari: - korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi; - asosiy kapitalning rentabelligi; - aylanma kapitalning rentabelligi; - investitsiyalarning rentabelligi; - permanent kapitalining rentabelligi ; - qarzga olingan kapitalning rentabelligi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya qilinayotgan rentabellik ko‘rsatkichlar tizimi aniq bir tartibga solinib, unda yuqorida keltirilgan mualliflarning fikrlari ham e’tiborga olingan. Bu ko‘rsatkichlarning aniqlash uslubiyatlari quyidagicha bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi. Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan safarbar etilgan mablag‘lardan foydalanadilar. Ularning samaradorligini alohida aniqlash, moliyaviy tahlilni chuqurlashtirishga yordam beradi. Korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi = Soliq to‘lanishdan oldingi foyda Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha qiymati Qarzga olingan kapitalning rentabelligi uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar samaradorligini ko‘rsatadi. Bu qarzlar ham korxonaning butun ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatiga xizmat qiladi va shu sababli ular samaradorligi korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanadi. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi = Soliq to‘lanishdan oldingi foyda Qarzga olingan kapitalning o‘rtacha qiymati Asosiy kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki asosiy kapital korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi va uning rentabelligi asosiy fondlarni korxona foydasi asosida aniqlangan fondlar qaytimidir. Asosiy kapitalning rentabelligi = Soliq to‘lanishdan oldingi foyda Asosiy kapitalning o‘rtacha qiymati Aylanma kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki aylanma mablag‘lar ham korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi. Bu ko‘rsatkich korxona moddiy va pul aylanma mablag‘lari samaradorligini ifodalaydi. Aylanma kapitalning rentabelligi = Soliq to‘lanishdan oldingi foyda Aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati Investitsiyalar rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanib, bu ko‘rsatkich korxona asosiy kapitalini hamda uzoq muddatga olingan kredit va qarzlar samaradorligini ifodalaydi. 100 Investitsiya rentabelligi = Soliq to‘lanishdan oldingi foyda Asosiy kapital va uzoq muddatga olingan kredit qarzlarning o‘rtacha qiymati Shunday qilib, korxonalarning moliyaviy holatiga moliyaviy resurslarning alohida elementlari ta’sir ko‘rsatar ekan, demak, bu elementlarning ham rentabelligini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, korxona resurslarining alohida elementlari korxonalarning moliyaviy holatini umumiy darajasiga ta’sir ko‘rsatar ekan, bu resurslarni rentabelligi aniqlanganda, soliq to‘lashdan oldingi, ya’ni yalpi foyda e’tiborga olinishi lozim. Endi yuqorida ko‘rilgan rentabellikning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini korxonamiz misolida ko‘ramiz. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling