Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
-jadval Rentabellik ko‘rsatkichlari hisob-kitobi (ming so‘m)
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
24-jadval
Rentabellik ko‘rsatkichlari hisob-kitobi (ming so‘m) Ko‘rsatkichlar Joriy davr O‘tgan davr Dinamika 1. Ma’lumotlar bazasi 1. Korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati 7622,7 6901,1 110,5 2. Ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati 4311,9 3133,0 137,4 3. Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha qiymati 5972,2 4537,8 137,6 4. Asosiy kapitalning o‘rtacha qiymati 5535,2 3799,3 145,7 5. Aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati 2087,7 3101,0 67,3 6. Uzoq muddatli qarzlarning o‘rtacha qiymati 1065,7 - - 7. Mahsulotlar sotishdan tushum 9536,0 3279,6 103,8 3. Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 5273,4 6017,1 87,0 9. Soliq to‘lashdan olingan foyda 4550,0 3622,4 125,6 10. Mahsulotlar sotishdan olingan foyda 4362,6 3262,9 133,7 2. Rentabellik ko‘rsatkichlari A) Asosiy ko‘rsatkichlar, foiz 1. Korxona aktivlarining rentabelligi (9:1) 59,7 52,5 113,7 2. Ishlab chiqarish rentabelligi (9:2) 105,5 115,3 91,5 3. Korxona joriy xarajatlarining rentabelligi (10:8) 86,2 54,2 159,0 4. Mahsulot rentabelligi (10:7) 47,3 35,2 134,1 B) Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar, foiz 1. Korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi (9:3) 76,2 79,8 95,5 2. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi (9:6) 426,8 - - 3. Asosiy kapitalning rentabelligi (9:4) 32,2 95,3 86,3 4. Aylanma kapitalning rentabelligi (9:5) 21?,9 116,8 186,9 5. Investitsiyalarning rentabelligi 9:(3 + 6) 61,2 79,8 76,7 Jadval ma’lumotlariga va aniqlangan rentabellik ko‘rsatkichlariga binoan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: - rentabellik ko‘rsatkichlari joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan umuman 101 ko‘tarilgan. Demak, korxona faoliyatining moliyaviy natijalari yaxshilangan; - lekin rentabellik ko‘rsatkichlari har xil o‘zgargan. Demak, ularning o‘zgarishiga har xil omillar ta’sir ko‘rsatgan; - eng yuqori sur’atlarda ko‘tarilgan ko‘rsatkichlar — bu joriy xarajatlarning va aylanma mablag‘larning rentabellik ko‘rsatkichlaridir; - joriy xarajatlarning rentabelligini oshishi - sotilgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan; - aylanma mablag‘lar rentabelligining ko‘tarilishi, fikrimizcha, korxonada me’yordan yuqori aylanma mablag‘larni yo‘q qilish natijasi bo‘lsa kerak. - sotilgan mahsulotlarning rentabelligi - sotilgan mahsulotlar tannarxining pasaytirishi natijasidir. Ko‘rinib turibdiki, sotilgan mahsulotlarning hajmi 3,8 % ga ko‘paygan, sotilgan mahsulotlar tannarxi shu davrda 12,4 % ga pasaygan; - korxona aktivlarining rentabelligi ko‘tarilgan, lekin shu davrda ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi pasaygan. Bunga sabab o‘rganilayotgan davrda korxonada ishlab chiqarish fondlari 37,4 % ga ko‘paygan. Yangi fondlar hali o‘zlashtirilmagan. Shu sababli ishlab chiqarish fondlari samaradorligi pasaygan; - xuddi shu sababli yangi fondlarning o‘zlashtirilmaganligi natijasida korxonaga tegishli kapitalining va investitsiyalarning rentabellik darajasi kamaygan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, rentabellikni tahlil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish kerak. Bu ko‘rsatkichlardan har biri korxonalar moliyaviy natijasining alohida tomonlarini, xususiyatlarini ifodalaydi va bu moliyaviy natijalarni har tomonlama tahlil qilishga imkoniyat beradi. Rentabellikni tahlil etish rentabellik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish bilan yakunlanishi lozim. Yuqorida keltirilgan rentabellik ko‘rsatkichlariga, ulardan har biri bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, korxona aktivlari rentabelligiga aylanma mablag‘larning aylanishi, mahsulot rentabelligi o‘zgarishi; ishlab chiqarish rentabelligiga - aylanma mablag‘larni birkitish, mahsulot rentabelligi o‘zgarishi va mahsulot fond sig‘imi, fondlar qaytimi; mahsulot rentabelligiga mahsulot tannarxi, mahsulotlarga qo‘yilgan narxlar; joriy xarajatlar rentabelligiga narxlar va sotilgan mahsulotning tarkibiy o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling