Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Fa’n: Marketing Bajardi: Raximova Shahlo Guruh: tu 62 toshkent 2023
Download 0.58 Mb.
|
Raqobatchilik strategiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat ta’rifiga uchta yo‘nalishda yondashish mumkin.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot UniversitetiFa’n: Marketing Bajardi: Raximova Shahlo Guruh: TU 62 TOSHKENT 2023 Raqobatchilik strategiyasiREJA:Raqobatchilik strategiyasiStrategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi Raqobat strategiyasining asosiy variantlari Tovar va korxona raqobatbardoshligi Har qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda raqobat va raqobatbardoshlik to‘g‘risida va unga berilgan ta’riflarni ko‘plab ilmiy ishlanmalarda uchratish mumkin. A.Marshal «Raqobat-qat’iy ravishda bir odamning ikkinchisi bilan biron narsani sotishda yoki sotib olishdagi o‘zaro musobaqalashuvidir» deb nisbat bergan edi.Raqobat ta’rifiga uchta yo‘nalishda yondashish mumkin.Raqobat - bu bozordagi musobaqa deb qaralsa.raqobat - talab va taklifni muvozanatlovchi bozor mexanizmining elementi kabi izohlanadi.zamonaviy bozor morfologiyasi nazariyasiga asoslangan bo‘lib, raqobat - bozor tarmoqlarining tilini aniqlaydigan mezon ekanligini e’tirof etadi.Birinchi yondoshuv raqobatni qandaydir faoliyatda yaxshi natijalarga erishish uchun kurash tushunchasiga tayanadi. Raqobat qaysi jihatdan olib qaralmasin, uning asosida iqtisodiy sub’ektlarning o‘zaro kurashi yotadi. Shunga ko‘ra raqobatda ko‘plab ta’riflar berish mumkin. Ular quyidagi xo‘jalik sub’ektlari va tadbirkorlarning bir-birining imkoniyatlarini samarali cheklash orqali muayyan bozorda tovar aylanishining umumiy sharoitlariga ta’sir o‘tkazadigan, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishni raqbatlantiruvchi musobaqadir. Ikkinchi yondashuv klassik iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat-talab va taklifni muvozanatga keltiruvchi bozor mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga asoslangan bo‘lib tarmoq bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi. - monopoliyadan xoli sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning baxslashuvidir; - ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi munosabati bo‘lib, bir biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori foyda olish uchun bozordan siqib chikarishidir; - bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling