Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Fa’n: Marketing Bajardi: Raximova Shahlo Guruh: tu 62 toshkent 2023


Bozorning ma’lum tarmogidagi raqobatni o‘rganish jarayonida uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi quyidagi tushunchalarni bilish lozim


Download 0.58 Mb.
bet2/3
Sana23.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1717603
1   2   3
Bog'liq
Raqobatchilik strategiyasi

Bozorning ma’lum tarmogidagi raqobatni o‘rganish jarayonida uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi quyidagi tushunchalarni bilish lozim:

Raqobat doirasi - raqiblar tomonidan kiritilayotgan mahsulot, xizmatlar turi va bozorning qamrab olish doirasi. Raqobat predmeti- tovar va xizmatlar bozorida korxonalar mijozning pulini va ishonchini egallashga harakat qiladi. Keng ma’noda raqobat predmeti- mijoz talabini qondirishdir.

Raqobat ob’ekti- tovar va xizmatlarining iste’molchilari-ya’ni mijozlar. Bozorda raqobat «predmet»i va «ob’ekt»i bir ma’noga ega emas, ya’ni raqobat kurashining ikki xususiyatini belgilaydi: tovar va xizmat – bir tomondan va mijoz ikkinchi tomondan.

Raqobat sub’ekti- raqib, ya’ni iste’molchilarga xizmatlar va mahsulotlar, yoki o‘rnini bosuvchi tovarlarni taklif qiluvchi firma yoki boshqa yuridik shaxs.

Tovarning raqobatbardoshligi deganda tovarning nisbiy va umumlashgan tavsifi tushuniladi. Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu qondirishga ketgan harajatlar darajasiga qarab uning raqobatchi tovardan ustunlik farqlarini ifodalaydi. Bu umumiy tushuncha quyidagi guruhlarga birlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi orqali ochib berilishi mumkin: - texnik; -iqtisodiy; -ijtimoiy-tashkiliy

Raqobat strategiyasi asosiy variantlarning 3 hil turi (varianti) mavjud

Sarf-harajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun iqtisodiy effektiv ko‘lamda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish; tajriba to‘plash asosida sarf-harajatlarni kamaytirishga intilish, ishlab-chiqarish va qo‘shimcha harajatlarni qat’iy nazorat qilish, mijozlar bilan mayda operatsiyalar o‘tkazishdan tiyilish, tadqiqot, ilmiy ishlanmalar, xizmat ko‘rsatish, mahsulotni sotish tizimi reklama va shunga o‘xshash boshqa sohalarda chiqimlarni kamaytirish talab etiladi. Buning hammasi menejment tomonidan sarf-harajatlar ustidan nazorat kuchaytirilishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini ko‘rsatadi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling