Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish normasiga bog‘liq.
Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
y = c + i
Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
15.1.-rasm. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish (y)
va talab (c+i)88 .
Daromad, shakllangan jamg‘arish normasiga ko‘ra, iste’mol va jamg‘arishga bo‘linishini hisobga olib iste’mol funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozishimiz mumkin:
c=(1-s)y
Bu yerda s-jamg‘arish normasi.
Bundan y=
c + i=(1-s)y
+ i, o‘z navbatida i= sy kelib chiqadi. Boshqacha aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg‘armalarga teng va daromadga proporsionaldir.
Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin: f(k)=c+i f(k)=
i/s Ishlab chiqarish
funksiyasi tovarlar bozorida
taklifni, kapital jamg‘arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital (kapital bilan qurollanganlik) hajmiga bog‘liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta’sirida o‘zgaradi.