Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet103/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Gn*cr = yoki ≠ s


Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to‘liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur’atlari o‘zaro teng bo‘lganda ta’minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.

Qisqacha xulosalar


Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish potensial YaIM hajmining uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. U o‘sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarini xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sish real YaIM ning, yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM ni o‘sish sur’ati bilan o‘lchanadi.
Iqtisodiy o‘sish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi.
Iqtisodiy o‘sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mehnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshqalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko‘ra iqtisodiy o‘sish ekstensiv va intensiv turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish resurslar miqdorini o‘zgartirmagan holda o‘ssa, intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari deganda iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar (Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o‘sishning asosiy omil investitsiyalar deb qaraladi. Jamg‘arish normasini ko‘tarish orqali
investitsiyalarni ko‘paytirish va ularning samaradorligini oshirish ihtisodiy o‘sish shartlari deb qaraladi.
Klassik modellarda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning barcha omillariga bog‘liq, mehnat va kapital o‘zaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga ko‘ra kapitalning ma’lum darajasida mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmi ham turlicha bo‘ladi.


Nazorat va muhokama uchun savollar


  1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uni o‘lchash usullarini izohlab bering.

  2. Iqtisodiy o‘sish omillarini ishlab chiqarish, talab va taklif omillariga qaysi tamoyillarga asoslanib bo‘linadi?

  3. Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sishning farqlari nimada, sof intensiv o‘sishga erishish mumkinmi?

  4. Domar modelida investitsiyalar tahlili Keyns tahliliga nisbatan qanday farq qiladi?

  5. Domar modelining asosiy o‘zgaruvchilariga tavsif bering va uning mohiyatini tushuntiring?

  6. Iqtisodiy o‘sishning Xarrod modeli Domar modelidan qaysi jihatlariga ko‘ra farq qiladi?

  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling