Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet2/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1-BOB. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH




Reja:

    1. Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti.

    2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.

    3. Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli.

    4. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish.




    1. Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti

Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi.
J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ko‘ra mustaqil fan sifatida XX asrning o‘rtalariga kelib shakllanib bo‘ldi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, unda milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling