Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- BOB. PUL TAKLIFI. PUL BOZORIDA MUVOZANAT
- M = С+D.
Qisqacha xulosalarPul to‘lov, jamg‘arish va qiymat o‘lchovi funksiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vaqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan, uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko‘proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladdi. Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig‘indisidn iborat. Pulga bo‘lgan talab hajmi YaIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog‘liq. Nazorat va muhokama uchun savollarPulning mohiyatini tushuntiring va funksiyalariga izoh bering. Pul agregatlari deganda nimani tushunasiz va uni belgilashda qaysi tamoyilga amal qilingan? Pulga talabning klassik nazariyasi qanday asoslarga tayanadi?. Pulga talabning keynscha nazariyasining mohiyati nimada va klassik nazariyadan nimasi bilan farq qiladi?. BOB. PUL TAKLIFI. PUL BOZORIDA MUVOZANATReja: Pul taklifi. Bank multiplikatori. Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori. Pul bozorida muvozanat. Pul taklifi. Bank multiplikatori Pul taklifi (M) o‘z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С) va zarur bo‘lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan depozitlarni oladi62: M = С+D.Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”63. Ammo pul taklifini ko‘paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to‘lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so‘mga o‘sgan bo‘lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo‘lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so‘mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so‘mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so‘mga ko‘paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so‘mdan tashqari yana 1600 so‘m qarz oluvchilar qo‘lida qoladi. Agar, 1600 so‘m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo‘lgan zahira normasida u 320 so‘mni zahirada qoldirib, 1280 so‘mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so‘nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 schqmga 62 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 87 63 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida” gi Qonuni, 1995-yil, 21- dekabr /www.lex.uz ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu jarayonni formula ko‘rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin64: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling