Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2-jadval
- 8.2-rasm. 2018 yil davomida muomaladagi naqd pul hajmining o‘zgarishi, trln. so‘mda
2018 yilda naqd pul chiqimi hajmining keskin oshib ketishiga asosan ushbu davrda: -tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali chet el valyutalarini sotib olishga yo‘naltirilgan naqd pullar hajmining 2017 yilga nisbatan 14,8 trln. so‘mga ko‘payganligi; -aholi daromadining oshishi, shu jumladan ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining oshirilishi natijasida mazkur to‘lovlarga yo‘naltirilgan naqd pul hajmining 10,2 trln. so‘mga oshganligi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shuningdek, aholiga bank kartalaridagi mablag‘larni istalgan paytda va miqdorda banklar va bankomatlar orqali naqd pul shaklida yechib olish imkoniyatlari kengaytirilganligi, shu jumladan banklar tomonidan bozorlar, yirik savdo majmualari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida bankomatlar tarmog‘ini ko‘paytirilishi natijasida bank kartasidagi mablag‘larni naqd ko‘rinishida yechib olishga bank kassalaridan yo‘naltirilgan naqd pul hajmi 2017 yildagi 3,1 trln. so‘mdan 2018 yilda 12,3 trln. so‘mgacha oshdi. Bank kartalaridan jami yechib olinayotgan naqd pullarda bankomatlardan olingan mablag‘lar ulushi 2017 yilda 3,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 40 foizga yetdi. 8.2-jadvalRezerv pullar va uning tarkibi 61
2018 yilda bank kassalaridan chiqim qilingan naqd pullarning to‘lov maqsadlari bo‘yicha tahlili jami chiqimning 23 foizi ijtimoiy to‘lovlarga, 24 foizi ish haqi to‘lovlariga, 25 foizi naqd chet el valyutasini sotib olishga, 7 foizi aholining banklardagi omonat hisobvaraqlaridan naqd pullar berishga, 14 foizi bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga va 7 foizi boshqa naqd puldagi chiqimlar hissasiga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, 2018 yil davomida tijorat banklari tomonidan aholidan sotib olingan xorijiy valyuta hajmining 2017 yilga nisbatan 3.1 barobarga (854 mln. AQSh dollaridan 2 695 mln. AQSh dollarigacha) oshganligi, naqd pulga bo‘lgan jami 14,9 trln. so‘mlik yoki o‘rtacha bir oyda 1.2 trln. so‘m miqdordagi qo‘shimcha talabni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi omillar ta’sirida 2018 yilda muomaladagi naqd pullar hajmi o‘zgaruvchan dinamikaga ega bo‘ldi. Jumladan, muomaladagi naqd pullar hajmi 2018 yilning yanvar-mart oylarida mavsumiy omillar ta’sirida kamayib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, aprel- sentyabr oylari mobaynida o‘sib bordi. 8.2-rasm. 2018 yil davomida muomaladagi naqd pul hajmining o‘zgarishi, trln. so‘mda2018 yilning IV choragida muomaladagi naqd pul hajmi nisbatan barqarorlashib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 22,1 trln. so‘mni tashkil qildi. Iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tashkil qilish va muomalaga chiqarilgan banknotlar tarkibini optimallashtirib borish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, 2018 yilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirish borasidagi mavjud tartibni soddalashtirish va inkassatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktabrdagi PF-5564-sonli "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon bilan: -eng kam oylik ish haqining 20 barobaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish; -ushbu belgilangan miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga esa naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish imkoniyati berildi. Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirish tartibi bekor qilindi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling