Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
1678879251507758daraja (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish hamda tartibiga oʻzgartirish kiritish asoslangan; import operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan xoʻjalik subyektlari tomonidan ushbu qarzdorlik toʻliq bartaraf etilmagunga qadar xorijiy hamkorlarga navbatdagi toʻlovni amalga oshirishni 9 vaqtincha cheklash boʻyicha bank qonunchiligiga tegishli oʻzgartirish kiritish taklif etilgan; bir kunlik firmalarda 10 kunda yirik pul aylanmalarining chegara miqdori 1,0 mlrd. soʻmdan oshgan subyektlarning hisob raqamidagi pul aylanmalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni kunlik onlayn tarzda olish taklif etilgan; Soliq kodeksining kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibiga doir qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni kiritish asoslangan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqotda qoʻllanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, maʼlumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi hamda tegishli xulosa va takliflarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan amaliyotga joriy qilinganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati mamlakatdagi soliq tekshiruvlarini takomillashtirishga oid nazariy- metodologik va soliq tizimiga oid maxsus ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan mamlakatimizda soliq tekshiruvlarini raqamlashtirish, soliq tekshiruvlarini takomillashtirish, soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, soliq qonunchiligi va byudjet-soliq siyosati kontseptsiyasi loyihalarini ishlab chiqish, respublikada faoliyat yuritayotgan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga metodik qoʻllanma sifatida soliq nazorati shakllarini takomillashtirish, kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha darsliklar, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling