Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligi
Download 21.46 Kb.
|
Ichki taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi, TDIU “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish ” kafedrasi i.f.d.N. Maxmudov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligi 2-kurs magistri Normurodov Fozilbek Nurali o‘g‘lining “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ O‘zbekiston Respublikasi xalqi tomonidan tanlangan mamlakat rivojlanishining o‘ziga xos yo‘li, mustaqil iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirishning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Murojaatnomada1 mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlashning asosiy shartlari asoslab berilgan. Shularni hisobga olganda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi asosida aholi turmush farovonligi va hayoti sifatini yaxshilashga qaratilgan. Bu maqsadga erishishning asosiy shartlaridan biri – yurtimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, F. Normurodovning magistrlik dissertatsiyasi mavzusi dolzarb, unda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish masalalari tadqiq qilingan va shu asosda O‘zbekistonda pul-kredit siyosati instrumentlari tahlil va prognoz qilingan. Taqriz uchun taqdim etilgan ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, ilmiy g‘oyasi asoslab berilgan va ishning ilmiy jihatdan yangiligi bayon etilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobida, makroiqtisodiy barqarorlikning mazmun-mohiyati, pul-kredit siyosati yo‘nalishlari va turlari, makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar, bugungi kungacha iqtisodchi olimlar tomonidan yaratilgan va iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan pul-kredit siyosati instrumentlari o‘rganilib chiqilgan va tegishli xulosalar berilgan. Dissertatsiyaning ikkinchi bobida Tadqiqotni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar va kutilayotgan muammolar tahlil etilgan va makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir etgan omillar baholangan. Dissertatsiyaning uchinchi bobida mavzu bo‘yicha ma’lumotlar to‘plangan, savollar shakllantirilgan, makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar baholangan va tahlil metodologiyasi tanlab olingan. Dissertatsiyaning to‘rtinchi bobida mamlakat iqtisodiyotida pul-kredit siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilingan va inflyatsiyani qisqa muddatli prognozlashda ARIMA modelidan foydalanibyordamida prognoz qilingan. Ishning yakuniy qismida tadqiqotlar natijalari umumlashtirilgan, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan, ular asoslangan. Ushbu tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda pul-kredit siyosati asosiy yo‘nalishlari sifatida inflyatsion targetlash rejimini joriy etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati ochib berilgan; makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanishning amaliyotini takomillashtirish va uning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari turli modellar yordamida prognoz qilingan. Tadqiqot natijalaridan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda hamda “Makroiqtisodiyot”, fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini o‘tishda foydalanish mumkin. Magistr F. Normurodov magistrlik ishi yakunlangan, qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi, uni himoyaga tavsiya etaman va magistrant F. Normurodov magistr darajasini olishga munosib deb hisoblayman.
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga 2022-yil 20-dekabrdagi Murojaatnomasi. Download 21.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling