Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
Bog'liq
T menejment

Очилова Х. Ф.Управление маркетингом в туризме : монография / Очилова Х. Ф., 
Мухаммедов М. М.. - Ташкент : Iqtisodiyot, 2015. 


36 
hisoblanmaydi. Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush 
olishdir. Qo‗lga kiritgani bozor bo‗limini imkon qadar muhofaza qilish 
uchun harakat qiladilar. Bu bosqichda turizm muassasalari, har bir 
mahsulotning yaxshi sotilgani va muddatli bo‗lishini tushinadilar. 
Mahsulotlar o‗zini oqlamagan taqdirda bozordan chekilish tahlikasi bilan 
yuzlashadi. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayishni ko‗rsatadi; 
a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining foydanalishih va 
sotish hajmining ortishi oqibatida biror xona yoki ovqatning qiymat 
tannarxlaridagi kamayish; 
b) o‗xshash xizmatlar uchun bozorda narx yaratishni tashkil qilgan 
raqiblarning paydo bo‗lishi; 
v) muassasaning o‗rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan 
xaridorlar mexanizmining kengayishi.
16
Saqlanish bosqichi, mehmonxona sektori uchun yetarlicha uzoq 
muddatli bo‗la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta‘sirchan rol o‗ynay 
oladi. Xaridorlar ko‗pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari 
bo‗lgan turistik muassasalarni va mahsulotlarni ma‗qul ko‗radilar. 
4. Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga 
boshlagan davrdir, yangi xizmat va mahsulotlarning bozorga kirgani va 
raqobatning bo‗lgani bosqichidir. Xaridorlar mavjud mahsulotni tark 
qilishni boshlaydi. 
Tushish bosqichini tijoriy foyda olishning kamaygani bir bosqich 
deyish noto‗g‗ridir. Chunki korxona, ma‘lum bir muddat yana oldingi 
xaridorlarini muhofaza qilib bir yo‗sinda davom eta oladi. Bozorga ilk 
kirish va yoyilish bosqichida yomon bir boshlang‗ich, mahsulotning 
kelajagini tahlikaga qo‗yadi. 
3.3. Turistik mahsulotning baholanishi 
Turistik mahsulotning sotilishida rol o‗ynagan eng ahamiyatli 
omillardan biri mahsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy 
omil bo‗lib eng ta‘sir qiluvchi va strategik o‗zgaruvchidir. Narx omili 
16
Электронная коммерция в Узбекистане: состояние, проблемы и пути развития : 
Монография / Рахимова Х. У., Бекмуродова А. Ш., Махмудов У. Д., Юлдашев М. И.. - 
Тошкент : Молия, 2017. - 111 с 


37 
xususan o‗rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir. 
Xaridorlarning ko‗pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o‗zgarishlariga 
qarshi juda ta‗sirchan bo‗ladilar.
1. Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar 
o‗rtasida paydo bo‗lgan raqobat yuzasidan. 
2. kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste‘molchiga 
yetishadigan harakatlaridan narx farqlari ko‗paymoqdadir. 
Turizm sektorida ko‗rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida 
narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o‗ringa tushishni 
boshlagan. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari 
oldindadir. Biror mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani 
majburan sotib olish majburiyatiga ega emasdir. Boshqa arzon 
mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma‘lumot olishni ham xohlaydi. 
Yetarli ma‘lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik
mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish
tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning 
aralash xususiyatda bo‗lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko‗p 
omillarga bog‗liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini 
quyidagicha izohlaymiz: 
- turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud 
bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi 
kerakdir; 
- turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq 
qiladi; 
- turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik 
bozorlardan tashkil topadi; 
- turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‗lmaydi. Talab ko‗p 
bo‗lgan davrlarda narxlar yuqori bo‗ladi, talab kam bo‗lganda narxlar 
past bo‗ladi. 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling