Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura bulimi
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Download 30.11 Kb.
|
loyiha ishi
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tijorat banklarini depozit siyosati va ularga ta’sir etuvchi omillar xorijlik iqtisodchi olimlardan J.S.Muyanja tadqiqotlarida atroflicha o‘rgaligan bo‘lib, tadqiqot jarayonida mamlakat tijorat banklari depozit siyosatini muvofiqlashtirishda depozitlarni sug'urtalash va moliyaviy vositachilik: tizimini tashkil etish, bu borada depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish jarayonlari tadqiq etilgan[2]. A.Eisdorfer tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqotlarda tijorat banklari depozit siyosatini amalga oshirishda aktivlarni almashtirish masalasi yuqori xavf darajasini optimallashtirish imkoniyatini shakllantiruvchi omil sifatida qayd etiladi. Shuningdek, depozit siyosatida risk darajasini tahlil qilishda qat'iy tavakkalchilik natijasida kapital xavfi ko‘tarilishi bilan bog’liq omilli jarayonlar tadqiqi o‘z ifodasini topgan[3]. MDH iqtisodchi olimlaridan L.G.Batrakova tadqiqotlari orqali tijorat banklari passiv siyosatida sodda va murakkab foizlardan foydalanish hamda ularning ekvivalentligi tahlilini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlar tadqiq etiladi. Depozit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi xavfining mohiyati, baholanishi, boshqarilishi va sug‘urtasiga doir chora-tadbirlar tizimini tashkil etish jarayoni tadqiq ko‘rsatilgan[4]. А.P.Vojjov banklar tomonidan to‘plangan depozitlar yig‘indisini ularni aktivlarga joylashtirish talablariga moslashtirishning mohiyati va usullari hamda uning muvozanatini saqlagan holda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish uchun bank resurslarini konvertatsiya qilish qonuniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yoritib bergan[5]. S.V.Rikov esa zamonaviy bozor sharoitida jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va depozit resurslarining maqbul hajmini tijorat banklari tomonidan faol va passiv operatsiyalarni samarali boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan[6]. А.B.Dudka tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirishda tijorat bankining strategik maqsadlari bajarilishini ta'minlashda, shuningdek resurslar miqdori, sifati va taqsimlanishini aniqlashga qaratilgan, taktik rejalarni ma'lum strategik maqsadlarga yo‘naltirish tizmini tadqiq etadi[7]. V.P.Akinina, E.A.Zolotova, P.B.Straxovlar o‘z tadqiqotlari orqali tijorat bankining jalb qilingan va ajratilgan resurslarining optimal nisbati asosida iqtisodiy va matematik model, cheklov parametrlarini hisobga olgan holda - kredit tashkilotlarining likvidlik standartlarini hisobga olgan holda, moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirishning maqbul portfeli shakllantirishni tavsiya etadilar[8]. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Sh.Z.Abdullayeva o‘z tadqiqotlarida depozit amaliyoti bilan bog’liq munosabatlarni tahlil qiladi va moliya-kredit yoki bank muassasasiga berilgan pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlar emas, balki bank omonatlari bilan bir qatorda bojxona to‘lovlari, yig’imlar, soliqlar va hokazolarni to’lash uchun kiritilgan badallar ham depozit sifatida talqin etadi[9]. A.A.Omonov esa, bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish lozimligini shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb etish va joylashtirishda muddatlar bo‘yicha muvozanatlashtirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlaydi[10]. U.D.Ortiqovning fikricha, tijorat banklari depozit strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo‘llashda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, tijorat banklarining depozit siyosatida qo‘llanilayotgan taktik vositalarning qay darajada depozit strategiyasiga mos kelayotganligini aniqlash imkoniyati tijorat banki depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida yuzaga keladi [11]. A.M.Rahimov, bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan muayyan maqsadlarda bankka pul mablag’larini jalb qilish va ularni saqlash bilan bog’liq operatsiya sifatida ta’kidlaydi va tijorat banklarining iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larni yetarli darajada jalb etishi va ushbu mablag‘larni samarali joylashtirishi muhim vazifalardan biri hisoblanishini qayd etadi[12]. Tijorat banklarining jalb qilgan mablag‘lari tarkibida talab qilib olinguncha mablag‘lar salmog’ining yuqori ekanligi banklarga jalb qilingan mablag‘lardan to‘liq foydalanish va uzoq muddatli investitsion operatsiyalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishini e’tirof etadi. Bank depozit bazasining mustahkamligi banklarning muddatli va jamg’arma depozitlari ulushining umumiy depozitlar tarkibida yuqori ekanligi bilan belgilanishini ta’kidlaydi[13]. O.U.Mamadiyorov, B.O.Tursunov esa, tijorat banklari aktiv operatsiyalaridan farqli ravishda bankning passiv operatsiyalari xo‘jalik faoliyatini olib borish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar yig‘indisi sifatida qaraydilar[14]. Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi uzoq muddatga mo‘ljallangan hujjat ekanligi, depozit siyosati esa uni amalga oshirishning taktik vositalaridan biri ekanligini e’tiborga olgan holda depozit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan belgilangan strategik vazifalar alohida olingan davrlar (odatda yillar)ga taqsimlanadi. Depozit operatsiyalari borasida belgilangan strategik vazifalarni alohida olingan davrlar kesimida ifodalashda quyidagi xususiyatlar e’tiborga olinishi lozim: - bank faoliyatining barqarorligi, xavfsizliligi va likvidlilik pozitsiyasini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni samarali boshqarish uchun depozit siyosati boshqa faoliyat yo‘nalishlari bo’yicha siyosatlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi shart. Xususan, bank depozitlariga jalb etilayotgan resurslarning tarkibiy tuzilmasi kredit siyosatini ishlab chiqishda e’tiborga olinadigan birinchi navbatdagi omil hisoblanadi. Ayni paytda bank likvidlilikni boshqarish siyosati depozit siyosatining asosiy parametrlarini belgilab beruvchi hujjat vazifasini bajaradi; - depozit siyosatini muvafaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan uni bajaruvchi mutaxassislar uchun tushunarli va aniq ifodalangan shaklga keltirilishidir. Download 30.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling