Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment va Marketing kafedrasi


Download 0.77 Mb.
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1742592
  1   2   3
Bog'liq
3-мавзу.

Маvzu: Statistik кўрсаткичлар.

REJA:

  • Statistik ko’rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati.
  • Statistik ko’rsatkichlarning atributlari: sifat tomonga egaligi, miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi.
  • Statistik ko’rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar.
  • Mutlaq miqdorlar tushunchasi. Hajm va sifat ko’rsatkichlari.

Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini, darajasini, nisbatini va shu kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi., Sifat tomoni korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi.
Statistik ko’rsatkichlar tegishliligi bo’yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag’batlantirish funktsiyalarini bajaradi.
Statistik ko’rsatkichlarning bilish funktsiyasini mohiyati shundan iboratki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni holati va rivojlanishini, yo’nalishi va intensivligini tavsiflaydi. Boshqarish funktsiyasida ular (ko’rsatkichlar) boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu funktsiyaning roli yanada ortadi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling