Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment va Marketing kafedrasi
Download 0.77 Mb.
|
3-мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’ t i b o r i n g i z
Umumiy mutlaq miqdorlar deganda, kuzatilayotgan to’plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini taʼriflovchi miqdorlar tushuniladi. Ular boshlang’ich statistik kuzatish materiallarini jamlash natijasida olinadi.
Masalan: guruhdagi yoki institutdagi jami talabalar soni, zavoddagi barcha ishchilaring ish haqi fondi Demak, umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatdan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlarning yig’indisidir. Buni quyidagicha yozish mumkin: Bu erda: - umumiy mutlaq miqdor; - kuzatilayotgan to’plam birliklari, yakka mutlaq miqdorlar; - to’plam birliklarining yig’indisi. Mutlaq miqdorlar quyidagi o’lchov birliklarida ifodalanadi: Natural Shartli natural Qiymat (pul) Natural o’lchov birliklari deganda hodisalarning tabiiy va iste’mol xususiyatlariga mos keladi. Masalan, sotilgan go’sht – kilogrammda , suyuq mahsulotlar – litrda, poyafzal – juftda, masofa – metr yoki kilometrda o’lchanadi. Shartli natural o’lchov birligi turlicha iste’mol qiymatiga ega bo’lgan bir xil hodisalarni umumlashtirish qudratiga ega. Qiymat o’lchov birligi deyilganda har xil turdagi va turlicha iste’mol qiymatiga ega bo’lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi. Masalan: Ishlab chiqarilgan gazmol, ko’mir va yog’ning miqdorlarini qo’shib bo’lmaydi. Bu tovarlar turli o’lchov birliklarida o’lchanadi va turli iste’mol qiymatiga ega. Bu muammo qiymat (pul) o’lchov birliklarini qo’llash bilan echiladi. Shartli natural o’lchov birligi Masalan: ikkita konserva zavodini olaylik. Ularni har biri 100 ming bankadan konserva ishlab chiqargan. Tashqi ko’rinishdan ikkala zavod bir xil ishlagan. Lekin, bizga ma’lumki, bankaning og’irligi (ichidagi mahsulot nazarda tutilmoqda) turlicha bo’lishi mumkin. Konserva sanoatida shartli banka og’irligi 353,4 sm3 qabul qilingan. Bizning misolimizda, birinchi zavodda bankaning og’irligi 350 sm3, ikkinchi zavodda – 500 sm3 ekanligi aniqlandi. Bularni shartli bankalarga aylantirsak: birinchi zavod uchun uning soni (350:353,4)•100=99 mingta kelib chiqadi. Ikkinchi zavodda (500:353,4)•100=141 mingta. Амаliyotda Nett-Brutto, idish iboralar ishlatiladi. Netto bilan bruttoni farqi idish (tara) vaznini beradi. Shartli natura – o’lchov birligi deyilganda, bir xil turdagi isteʼmol qiymatga ega bo’lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi. Bu birlik (koeffitsiyentlar) negizida o’rganilayotgan hodisalar- ning muhim isteʼmol qiymatiga asoslangan nisbatlar yotadi. E’ t i b o r i n g i zu c h u n r a x m a t !Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling