Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish
Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Download 0.89 Mb.
|
manfaatdor tomnlar
Ish haqining iqtisodiy mazmuni.
Yaratilgan ichki milliy mahsulotning uning ishlab chyaqaruvchilari o'rtasida mehnatning miqdori, sifati va uiumdorligiga qarab taqsimlanadigai qismi ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda hamma mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham iqxisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e'tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta'rif beradilar. Masalan, «Yashash uchun vosita minimumi» (D. Rikardo va T. Maltuslarning) konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash to'gri emas. Bu minimum o'z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijgimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug'dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi bahosining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo'jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko'rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o'rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o'rnatilgan. Qiymatning mehnat nazariyasi (Angliya klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo'nalishidagi iqtisodchilar) Ishchi kuchini alohida, o'ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo'lgan ishchi kuchi qiymatining o'zgargan shakli, ya'ni puldagi ifodasi sifati erishilganda qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g'oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta'sir qilishini ko'rsatadi. Shu bilan birga mazkur g'oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishvda darajaga bog'liqligi ta'kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko'pgina ko'zga ko'ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma'qullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, YE.F.Borisovlar o'zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» dars shaklarida ish haqini ishchi kuchi va tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta'riflamoqdalar. Bu mualliflar o'z fikrlarini asoslashda ko'pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to'lashga o'xshab qo'rinishini isbotlashga harakat qilganlar. Real ish haqini hisoblash formulasi Bu yerda – real ish haqi, – nominal ish haqi, R – iste’mol buyumlari va xizmatlarga baho darajasi. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puddaga ifodasi» sifaxida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorlish, mehnat intensivlish, talab va taklif kabi omillarning ta'sirini yetarli hisobga olmaydi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida juda ko'p mualliflar (jumladan Ekonomiks darsliklarida, 1998 yidda Moskvada V.D. Kamayev rahbarligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligvda, 1997 yilda Toshkentda chop qilingan A. O'lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o'quv qo'llanmasida va boshqalarda) ish haqini mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto'g'ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ipii kuchining funksiya qilishi, uning ma'lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo'lib, uning na qiymati, na bahosi yo'qlish, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo'lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda xam hammaga ayon bo'lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo'ladi. Lekin bu g'oyaning negazida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo'lsa ular mehnatai ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog'lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to'g'risidagi turli nazariyalarni, (turli mampakatlardagi, o'z mamlakatimizdagi amaliyotda) umumlashtirib, quyidash xulosalarni chiqarish mumkin. Ish haqi to'g'risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xarakteri mavjud bo'lib, uning murakkab va ko'p qyrrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina e'tibordan chetda qolgan ko'rinadi.Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to'g'ri baho berilgan bo'lib, ularda foydalanish mumkin bo'lgan ijobiy yoki ratsional mashz mavjuddir. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajaga, ya'ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to'gri keladigan miqdoriga bogliq bo'ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo'ladi. Ish haqi tovar sifatida oldi — sotdi bo'ladigan ishchi kuchining qiymati bilan bog'liqdir. Chunki uning miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o'zini, oila a'zolarini boqishga yetadigan darajada bo'lishi lozim. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnatining unumdorligi bilan bog'liq bo'ladi. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonaning erishgan darajasi bilan, ya'ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to'g'ri kelgan miqdori bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo'lsada, turli firmalarda, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo'lishi mumkin. Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta'rif berib aytish mumkinki, iga haqi — ishchi va xizmatchilarning Mehnatiniig miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi kuchini sotishdan boshqa daromad manbai bo'lmagan ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, mehnatning miqdori va sifatiga bog'liqliligini, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir. Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan xashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Lekin ishchi va xizmatchilar ko'pchiliganing hayot manbai mehnatdan keladigan ish xaqi va boshkd daromadlardir. Ish xaqishshg mazmunini tularoq tushunish uchun nominal ta real ish xaqi tushunchalarini bilish zarurdir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling