Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti raqamli iqtisodiyot fakulteti
Download 1.36 Mb.
|
FayzullayevAT-83 (2)
13-rasm. Yozuvlar korpusi sxemasi
13-rasmda keltirilganidek, har bir yozuv oldingi yozuv havolasi bilan bir qatorda bloklash holati va bloklashni ochish qoidasini o’z ichiga oladi. Bunda, yozuv manbasi bu –oldingi yozuvning natijasiga havola bo’lib hisoblanadi. Keyingi yozuvcning manbasi esa hozirgi yozuv natijasi hisoblanib murakkab turda bajariladi. Bu operatsiyaning mazmunini tushunish uchun quyidagicha misolni keltiramiz. Misol uchun, “100 bitcoin” yoki “100000000 so’m” kredit berish jarayonini keltirishimiz mumkin. Bunda har bir natija chegaralangan shartlar bilan himoyalanadi, shuning uchun ixtiyoriy foydalanuvchi yangi yozuvlarni shakllantira olmaydi. Faqatgina bloklangan yozuvlarni ochish qoidasini biluvchi foydalanuvchilar yozuvlar zanjirlarini kengaytirishi va blokcheyndagi axborotni o’zgartirish huquqiga ega bo’ladi. Endi, yuqoridagi misolni qaraylik. Faraz qilaylik, oldingi yozuvda “Foydalanuvchi paroli: 5552155166512220358481516581” blokcheyn sharti bilan foydalanuvchiga pul mablag’I yuborilgan. Qabul qiluvchi foydalanuvchisi o’zining parolli bloklash qoidasiga asoslanib maxfiy kalitni (parol) kiritgan holda yangi yozuv shakllantiradi va qoida asosida bajariladi. foydalanuvchisi o’zining parol kalitini hisoblaydi va yangi rekord blokcheyn qoidasining bajarilishining natijasi oldingi blokcheyn holatiga almashtiriladi, agarda almashtirish aniqlansa yozuv haqiyqiy deb hisoblanadi va yozuv maynerga uzatiladi. Agarda uzatilgan xabar paroli hatoligi aniqlansa, blokcheyndagi barcha haqiyqiy foydalanuvchilar xabarni uzatmaydi va mayner xabarni blok yozuvlariga aylantirmaydi. Bundan, blokdagi yozuvlar korpusiga kiritilgan har qanday yozuvlar haqiyqiy deb hisoblanmaydi va qalbakiligi oson tekshiriladi. Xulosa qilib aytganda, blokcheyn texnologiyasining qo’llanilishi yuqori daraja himoyalanishga olib keladi. Albatta bu yuqorida keltirilgan mulohazalarning qo’llanilishi natijasida amalga oshiriladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda blokcheyn texnologiyasining qanchalik murakkab strukturaga ega ekanligining guvohi bo’ldik. Blokcheyn texnologiyasining kriptobardoshliligini aniqlashda esa mumkin bo’lgan kriptohujum va firibgarliklarning nazariy tarafdan imkonsiz ekanligini ilmiy tadqiqot natijasida ko’rib chiqdik. Bu albatta blokcheyn texnologiyasining hozirgi zamon axborotlashtirish sohasida revolyutsiyasi ekanligini yana bir marotaba isbotlaydi. Bu butun dunyoda vositachilik, firibgarlik, ko’z bo’yamachilik, ko’rruptsiya hakazo kabi jamiyat ildizini kemirayogan zarar kunandalardan xolos bo’lishning eng maqbul yechimidir. Misol tariqasida, jamiyatning asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank molya sohasida blokcheyn texnologiyasini qo’llash, banklardagi kreditlash tizimining shaffofligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bank tzizmida pul aylanmasining yoqqol ko’rinishi namoyon bo’ladi. Buning natijasida har hil firibgarliklar va molyaviya jiniyatlarning oldini olgan holda bank tashkilotlarining bankrolik holatlariga tushib qolmasliklarining oldini olishga asos bo’ladi. Yana shuni aytish joizki, bu texnologiya orqali ipoteka kreditlari, avtokreditlar, avtomobillarni ijaraga olish hakazo amallarni bajarish mutlaqo ishonchli turda amalga oshiriladi. Albatta bu fuqorolarimizning davlat organlari va tashkilotlariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Bu kabi ishochning mustahkamlanishi barcha harakat qilgan holda yurtimizning ertangi kuni uchun rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling