Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali mustaqil ish
Download 316.73 Kb.
|
Ablakulov Shohjahon (1)
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha YOrdamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo‘yicha jami summalari milliy valyutaga o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi. Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan: - hisobvaraqlarning Bosh va Yordachi kitoblarda joylanishini engillashtirish; - hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish; 65 - hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish; - operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan: - jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000 - "Aktivlar", 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari" va boshqalar); -"Aktivlar" bo‘limidagi "...zararlarni qoplash zaxirasi" sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o‘rnida 99 raqam qabul qilingan. Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi: Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida YOrdamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hissbvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga "Aktivlar", "Xarajatlar" va "Ko‘zda tutilmagan holatlar" bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga "Majburiyatlar", "Kapital" va "Daromadlar" bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir. Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida "Aktivlar" bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa "Majburiyatlar" bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan. "Ko‘zda tutilmagan holatlar" bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan. Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari "Aktivlar" likvidlilik, "Majburiyatlar" esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.Download 316.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling