Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 96.82 Kb.
bet24/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

Mavjudlik va reallik nima

Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga aen bo‘lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. Anhanaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko‘rsatiladi. Ularga: tabiat borliki, jamiyat borliki, ong borliki kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Reallik (lot. realis — haqiqiy) — borliqning voqelikda haqiqatda mavjud boʻlgan qismi. Narsalarning borligining yoʻqligi (imkoniyatdagisi, ehtimoldagisi va shu singarilari) bilan taqqoslanadigan jihati. Faylasuflar R.ni voqelikdan farq qilishadi. R. muayyan buyumdagi biron-bir muhim narsaning mavjudligi sifatida, yaʼni shu narsaning oʻzining borligʻi tarzida tushunilsa, voqelik esa muayyan narsadagi barcha mavjud boʻlgan va boʻlmagan jihatlarining mavjudligi sifatida talqin etilgan. Markschilar R.ni obʼyektiv R. bilan, materiya bilan aynanlashtirib, uning koʻlamini bir yoklama, toraytirib talqin etishgan. Aslida voqelik hozirgi paytda amalga oshgan imkoniyatlar yigʻindisi. R. voqelikdagi biz nazarda tutgan jihatlar majmui. R.ning fizik R., biologik R. va boshqa turlari bor. R. oʻziga moddiylikni ham, maʼnaviylikni ham, imkoniyat, ehtimollikni ham qamrab olishi mumkin. Inson tafakkuri ham, garchi bu borliqning maʼnaviy shakliga kirsada, realdir. Agar biror obʼyektda biz nazarda tutgan narsa yoki hodisa mavjud boʻlmasa, uni shu jihatdan noreal deymiz.

  1. Sharq va Garb falsafasida inson muammosi.

  2. Kategoriya nima?

Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi boʻlib vujudga kelgan.


K. haqidagi ilk taʼlimot qad. Hindistonning ayrim falsafiy maktablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tushunchalarning ifodasi shaklida hosil boʻladi deb hisoblaydi. Aristotel oʻzining "Kategoriyalar" asarida K.ni obʼyektiv reallikning inʼikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya toʻgʻrisida maʼlumot beradi: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish. Aristotelning K. haqidagi taʼlimoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Oʻrta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (oʻzgarish), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani koʻrsatib oʻtadi: substansiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant K.ni aql-idrok shakllari deb tushunadi. K. haqida taʼlimotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U K. haqidagi keng va murakkab taʼlimot tizimini yaratgan. K. haqidagi taʼlimotga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nitsshe asarlarida ham keng oʻrin berilgan. Har bir inson oʻz faoliyatida oʻzigacha shakllangan K. yordamida ish tutadi. K. metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega boʻlib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan oʻrnini toʻgʻri bilib olishga yordam beradi.


  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling